×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
04:34:53 (GMT +5), chorshanba, 17 - oktabr 2018
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


12 - iyun 2018

K.Adenauer nomidagi fond delegatsiyasi bilan uchrashuv

2018-yilning 12-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Konrad Adenauer nomidagi fondning (Germaniya) Yevropa va xalqaro hamkorlik bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Frank Priss boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralarda turli sohalardagi O‘zbekiston-Germaniya muloqotining rivojlanishi nuqtayi-nazaridan O‘zbekiston va K.Adenauer nomidagi fond o‘rtasidagi hamkorlikning dolzarb jihatlari muhokama qilindi.

Qayd etilganidek, ikki tomonlama munosabatlar, demokratiya va huquqiy davlat qurish jarayonlarini mustahkamlash va kengaytirish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga ko‘maklashishga qaratilgan mazkur Fond va uning Markaziy Osiyodagi Mintaqaviy vakolatxonasining samarali faoliyati O‘zbekistonda yuqori baholanadi.

Shuningdek, yangi texnologiyalar, fan va ta’lim sohasida almashinuv, mutaxassislar amaliyoti o‘tashini tashkillashtirish kabi yo‘nalishlardagi qo‘shma loyihalarni tadbiq etish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Suhbatda Fondning Markaziy Osiyo bo‘yicha Mintaqaviy vakolatxonasi rahbari Tomas Kuntse ishtirok etdi.



Marta o`qilgan: 905