×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
04:51:02 (GMT +5), payshanba, 13 - dekabr 2018
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


6 - iyun 2018

Mahalliy budjetlarga tushumlar va narx-navo barqarorligini ta’minlash bo‘yicha mavjud imkoniyatlarni to‘la ishga solish – eng muhim vazifadir

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2018-yilning 5-iyun kuni hududlarda budjetga qo‘shimcha tushumlar va mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish orqali narxlar barqarorligini ta’minlash hamda inflyatsiyaning oldini olishda mahalliy ijro hokimiyati organlari, soliq va moliya idoralari rahbarlarining shaxsiy mas’uliyati va javobgarligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Majlisda Bosh vazir va uning o‘rinbosarlari, vazirlik va idoralar, kompaniyalar, xo‘jalik birlashmalari, banklar rahbarlari, videokonferens-aloqa tizimi orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari ishtirok etdi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan Harakatlar strategiyasiga muvofiq iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish ko‘lamini kengaytirish, rivojlanish darajasi nisbatan past bo‘lgan tuman va shaharlarni jadal taraqqiy ettirish hisobidan hududlar o‘rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy tafovutlarni kamaytirish borasida izchil islohotlar olib borilmoqda. Jumladan, yangi sanoat korxonalari va kichik sanoat zonalari tashkil etilib, yirik xo‘jalik birlashmalarining mablag‘lari, banklar kreditlari hamda xorijiy investitsiyalar jalb qilinayotgani subvensiyaga qaram bo‘lib qolgan tuman va shaharlarda mahalliy byudjetlarning daromad bazasini kengaytirish, ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlantirish uchun muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-iyunda qabul qilingan “Mahalliy byudjetlarni shakllantirishda joylardagi davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni hududlarni kompleks rivojlantirish dasturlarini barqaror moliyalashtirish va shu asosda aholining real daromadlari, hayot darajasi va sifatini oshirish imkonini bermoqda.

Majlisda byudjetga qo‘shimcha tushumlarni ko‘paytirish va inflyatsiya darajasi barqarorligini ta’minlash bo‘yicha ishlarning mavjud holati atroflicha tanqidiy tahlil qilinib, bu boradagi eng muhim vazifalar belgilab olindi.

Prezidentimizning mamlakatimiz hududlariga tashriflari davomida joylardagi mavjud rezerv va imkoniyatlarni ishga solish hisobidan dastlab byudjetga qo‘shimcha ravishda 5,3 trillion so‘m yoki prognozga nisbatan 12 foiz ko‘p soliq tushirish bo‘yicha choralar belgilab berilgan edi. Buning natijasida joriy yilning o‘tgan 5 oyida prognozga nisbatan 2,7 trillion so‘m yoki 16 foiz ko‘p tushum tushirishga erishildi.

Ayni vaqtda o‘tkazilgan tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, mahalliy hokimliklar, moliya-soliq organlari tomonidan byudjetga qo‘shimcha soliq tushirish borasidagi rezervlar hali ham to‘liq ishga solinmayapti.

Joriy yilning o‘tgan 5 oyi davomida soliqlarning 60 foizini ilgarigidek 171 ta yirik korxona ta’minlab bergani buni yaqqol tasdiqlab turibdi.

Masalan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida jami soliq tushumining 50 foizi “O‘zKorgaz” va “Ustyurtgaz” korxonalari, Navoiy viloyatida esa 75 foizi Navoiy kon-metallurgiya kombinati hisobidan qoplangan.

Yig‘ilishda Toshkent shahri va Namangan viloyatida bu boradagi ishlar mutlaqo talabga javob bermasligi qattiq tanqid qilindi.

Misol uchun, bozordagi savdo-sotiqlar orqali tushadigan mablag‘larni tahlil qiladigan bo‘lsak, afsuski, bu boradagi ko‘rsatkich Toshkent shahrining Olmazor tumanida 30 foizga, Sergelida 7 foizga, Yakkasaroyda 4 foizga, Yunusobodda 3 foizga kamayib ketgan. Boshqa tumanlarda ham ahvol ana shunday achinarli ekani majlisda alohida ko‘rsatib o‘tildi.

Avtoturargohlarda tushum bo‘yicha yetarli nazorat yo‘qligi kuzatilmoqda. Buning oqibatida mahalliy byudjetlarga 18 milliard so‘m tushmasdan qolgan.

Namangan viloyatining Norin va Namangan tumanlarida o‘tgan 5 oy mobaynida savdo va umumiy ovqatlanish shoxobchalari hisobidan to‘lanadigan soliqlar miqdori kamayib ketgan.

Viloyatda soliq hisobotlari to‘liq tahlil qilinmagani va shu asosda tegishli chora-tadbirlar ko‘rilmagani tufayli qariyb 20 milliard so‘m soliq undirilmagan.

O‘rganish va hisob-kitoblar haligacha ishga solinmayotgan bunday rezervlar barcha hududlarda mavjudligi, umuman, joriy yilda prognozga qo‘shimcha ravishda 8,1 trillion so‘m soliq tushirib, byudjetga jami soliq tushumini 50,2 trillion so‘mga yetkazish imkoni borligini ko‘rsatmoqda.

Majlisda mutasaddi vazirlik va idoralarga bu sohada yo‘l qo‘yilayotgan kamchilik va nuqsonlarni tezda bartaraf etish, ikki hafta muddatda qo‘shimcha ravishda 8,1 trillion so‘m soliq tushirish yuzasidan aniq ko‘rsatmalar berilib, har bir hudud va tuman bo‘yicha kunlik grafik va aniq chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash vazifasi topshirildi. Shuningdek, qisqa muddatda har bir viloyat, tuman va shaharda “Byudjetga qo‘shimcha daromadlarni jalb qilish shtabi”ni tashkil etish va uning faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish zarurligi ta’kidlandi.

Yig‘ilishda soliq bo‘yicha qarzdorlikni majburiy undirish, davlat foydasiga o‘tkazilgan mol-mulklarni sotish hisobidan byudjetga 772 milliard so‘m tushirish va bu boradagi nazoratni kuchaytirishga qaratilgan tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish zarurligi qayd etildi.

Videoselektorda mamlakatimizda o‘tgan 5 oy davomida erishilgan iqtisodiy ko‘rsatkichlar ham tanqidiy jihatdan chuqur tahlil etildi. Shu davrda inflyatsiya darajasi 6,6 foizni tashkil etib, prognoz ko‘rsatkichidan oshmagan bo‘lsa-da, narx-navo Toshkent shahrida 7,4 foizga, Andijonda 7,3 foizga, Qoraqalpog‘istonda 7,1 foizga o‘sgani va bunga sabab bo‘lgan omillar, boshqaruv sohasidagi kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi.

Ma’lumki, hozirgi kunda hududlarda meva-sabzavot, chorva, parranda, baliq va asal yetishtirishni keskin ko‘paytirishga alohida e’tibor berilmoqda. Shu maqsadda tadbirkor va fermerlarga zarur miqdorda kredit mablag‘lari, ozuqa yetishtirish uchun yer maydonlari, shuningdek, barcha kerakli imtiyozlar berilmoqda. Lekin, afsuski, davlat miqyosida ko‘rsatilayotgan bunday e’tibor va g‘amxo‘rlikning aniq amaliy natijalari joylarda hanuzgacha umuman sezilmayapti.Bu, o‘z navbatida, ichki bozorda narx-navo barqarorligini saqlab turishga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Majlisda shu nuqtai nazardan go‘sht narxi bozorlarimizda qimmatlashib borayotganiningsabablari atroflicha tahlil qilindi. Buning asosiy sabablaridan biri – omuxta yem, shrot va sheluxa yetarli emasligi va bu chorva ozuqalarining belgilangan narxlarga nisbatan ancha qimmat sotilayotgani bilan bog‘liq.

Afsuski, bozorlarimizda savdo madaniyatiga rioya qilmaslik, bu boradagi talab va mezonlarni buzish holatlari ko‘zga tashlanmoqda. Bu esa narx-navo sun’iy ravishda oshib ketayotganining yana bir jiddiy sababidir. Bozorlarning rahbar va mutasaddilari bu holatning oldini olmasdan, aksincha, o‘zlari ta’magirlik holatlariga yo‘l qo‘ymoqda.

Majlisda yana bir muhim masalaga e’tibor qaratildi. Ma’lumki, ichki bozorimizda asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha narx-navo oshib ketishining oldini olish maqsadida o‘tgan yili maxsus jamg‘arma tashkil qilingan edi. Ana shu jamg‘arma faoliyati yaxshi yo‘lga qo‘yilmagani tufayli shu kunga qadar 155 million dollarlik shakar, o‘simlik yog‘i, kartoshka va tovuq go‘shti chetdan import qilingan. Narx-navoni barqarorlashtirish bo‘yicha jamg‘armaning o‘rni va ta’siri mutlaqo sezilmayapti. Jamg‘arma ayrim tadbirkorlar manfaatiga xizmat qiladigan kredit tashkilotiga aylanib qolganini hech narsa bilan oqlab bo‘lmaydi, deb ta’kidladi davlatimiz rahbari.

Ana shu tanqidiy fikrlardan kelib chiqqan holda, majlisda mazkur jamg‘arma faoliyatini jiddiy tekshirish bo‘yicha Bosh prokuraturaga tegishli topshiriqlar berildi.

Yig‘ilishda davlatimiz rahbari odamlarning obod va farovon hayot kechirishi uchun o‘ta muhim bo‘lgan qurilish materiallari narxi yildan-yilga oshib borayotganini ham afsus bilan qayd etdi. Bu esa inflyatsiya darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani, yil boshiga nisbatan qurilish materiallari narxi mamlakatimiz bo‘yicha 16 foiz, jumladan, Toshkent viloyatida 23 foiz, Surxondaryoda20 foiz va Xorazmda 19 foiz oshganiga tegishli mutasaddi va rahbarlar e’tibori qaratildi.

Bu yil suv kamligini hisobga olib, takroriy ekin maydonini 238 ming gektarga qisqartirganimiz mahsulot yetishtirish hajmi kamayishiga va buning natijasida narx-navoning oshishiga sabab bo‘lmasligi zarur. Shuning uchun qolgan 680 ming gektar yerga takroriy ekinlarni to‘liq ekish va hosildorlikni oshirish hisobidan ichki bozor uchun ham, eksport uchun ham yetarli miqdorda hosil olishni ta’minlashimiz kerak. Suvdan tartib bilan, oqilona foydalansak, barcha ekinlarga suv yetadi, dedi Prezidentimiz.

Ko‘rsatib o‘tilgan bunday muammolarni hal etish uchun Takroriy ekinlarni ekish bo‘yicha respublika shtabi va ishchi guruhi tashkil etish haqida aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. Takroriy ekinlarni ekish, parvarishlash va yetishtirilgan hosilni nest-nobud qilmasdan yig‘ib olish, g‘alladan bo‘shagan yerlarga peshma-pesh takroriy ekinlar ekishni uyushqoqlik bilan tashkil etish borasida tegishli vazifalar belgilandi.

Videoselektor yig‘ilishida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari zaxirasini yaratish, fermerlar bilan takroriy ekinlardan olinadigan mahsulotlar bo‘yicha shartnomalar tuzish, avans mablag‘larini o‘z vaqtida ajratish bilan bog‘liq choralarni ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.

Shuningdek, bu yil g‘alladan bo‘shagan maydonlarni shudgorlashdan oldin sug‘ormaslikyuzasidan ham aniq vazifalar kelishib olindi.

Majlisda tegishli rahbar va mutasaddilarga 2018-2021 yillarda chorvachilik, parrandachilik va baliqchilikni rivojlantirish, ushbu tarmoqda ratsional ozuqa bazasini shakllantirish dasturlarini ishlab chiqish, har bir hudud bo‘yicha asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabni aniqlab, maxsus jamg‘arma hisobidan ularni import qilish uchun tegishli tashkiliy ishlarni amalga oshirish, bozorlarda narx-navo barqarorligini ta’minlash bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rish haqida amaliy ko‘rsatmalar bildirildi.

Selektor yig‘ilishida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, ularning ijrosi bo‘yicha qat’iy nazorat o‘rnatish va muntazam ravishda axborot berib borish zarurligi ta’kidlandi.

O‘zA



Marta o`qilgan: 1030