O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
1 - iyun 2018

O‘zbekiston delegatsiyasining Qatarga tashrifi to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya 2018-yilning 2-4-iyun kunlari amaliy tashrif bilan Qatar Davlatida bo‘ladi.

O‘zbekiston delegatsiyasi Doha shahrida Qatar Bosh vaziri o‘rinbosari, Tashqi ishlar vaziri shayx Muhammad Ben Abdel Rahman Ben Jasem Al Tani bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazishi va ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari, dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolarni muhokama qilishi rejalashtirilgan.



Marta o`qilgan: 1130