×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
15:25:45 (GMT +5), yakshanba, 24 - iyun 2018
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


30 - may 2018

O‘zbekiston Prezidenti «Rosatom» davlat korporatsiyasi bosh direktorini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018-yilning 30-may kuni mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan “Rosatom” atom energiyasi bo‘yicha davlat korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachyovni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini izchil mustahkamlashga, o‘zaro manfaatli serqirra hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilayotgan oliy va yuqori darajadagi muloqotlar muntazamlik kasb etganini chuqur mamnuniyat bilan qayd etdi.

O‘zaro tovar ayirboshlash hajmi jadal ortib bormoqda, birgalikda investitsiya, energetika, sanoat, transport va boshqa sohalarda yirik loyihalar amalga oshirilmoqda, izchil hududlararo muloqot yo‘lga qo‘yilgan, madaniy-gumanitar almashuvlar faollashdi.

Muzokarada fan va yuqori texnologiyalar sohasida uzoq muddatli sheriklik aloqalarini rivojlantirish va mustahkamlash, istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, ikki mamlakat ilmiy-tadqiqot institutlari va innovatsiya markazlari o‘rtasida, jumladan, o‘tgan yili imzolangan Atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim doirasida yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Qo‘shma dastur va loyihalar doirasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish muhimligi ta’kidlandi.

“Rosatom” davlat korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachyov samimiy qabul uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirib, Rossiya Federatsiyasi rahbariyatining salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Rossiya mamlakatlarimiz va xalqlarimiz manfaatlari yo‘lida energetika sektorida keng ko‘lamli sheriklik va o‘zaro foydali ilmiy-texnologik hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdorligi va bunga tayyorligi alohida qayd etildi.

O‘zA



Marta o`qilgan: 255