O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi — Yangiliklar va voqealar
×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
13:34:34 (GMT +5), seshanba, 14 - avgust 2018
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


30 - may 2018

O‘zbekiston va Rossiya tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi

2018-yilning 30-may kuni Rossiyada amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Moskva shahrida “Primakov o‘quvlari” xalqaro forum ishida ishtirok etish doirasida Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashdi.

O‘zbekiston TIV rahbari jahonda e’tirof etilgan ilmiy-ekpertlik maydonidan biri va yirik olim-sharqshunos, Rossiyaning atoqli davlat va jamoat arbobi, sobiq Bosh vaziri va Tashqi ishlar vaziri xotirasiga bag‘ishlangan forumning muvaffaqiyatli o‘tkazilishi bilan S.Lavrovni tabrikladi.

Uchrashuvda O‘zbekiston-Rossiya kun tartibidagi bir qator dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Avvalo, Toshkent shahrida kuz oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin uchrashuvi kun tartibi yuzasidan takliflar ko‘rib chiqildi.

Muzokaralarda Rossiya Prezidentining O‘zbekistonga bo‘lajak davlat tashrifi ittifoqlik va strategik sheriklikka asoslangan ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlash va rivojlantirish, unga aniq va uzoq muddatli tus berish uchun alohida ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Shuningdek, vazirlar tomonidan ayrim xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi.



Marta o`qilgan: 687