×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
04:50:54 (GMT +5), chorshanba, 17 - oktabr 2018
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


28 - may 2018

“ShHT-Afg‘oniston” Aloqa guruhining Pekin shahridagi majlisi

2018-yilning 28-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev boshchiligidagi delegatsiya Pekin shahrida “ShHT-Afg‘oniston” Aloqa guruhining tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlari darasidagi majlisida ishtirok etdi.

Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar va Afg‘oniston Islom Respublikasi delegatsiyalari tomonidan hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi, Afg‘onistondagi vaziyat va uning ulkan qo‘shni mintaqaga ta’siri hamda Afg‘oniston muammosini hal qilish bo‘yicha choralar yuzasidan fikr almashildi.

O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari o‘z nutqida majlis ishtirokchilariga 2018-yil 27-mart kuni Toshkent shahrida o‘tkazilgan Afg‘oniston bo‘yicha “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” konferensiyasi natijalari to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Ta’kidlanganidek, Afg‘onistondagi vaziyat hal bo‘lishiga ko‘maklashish, tinchlik va barqarorlik o‘rnatish, mazkur qo‘shni va qardosh davlat bilan do‘stona aloqalarda bo‘lish va rivojlantirish Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligidagi O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining bosh ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Mamlakatimiz bundan keyin ham Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish va uni rivojlanish yo‘liga qaytarishga amaliy hissa qo‘sha oladigan barcha sa’y harakatlarni qo‘llab quvvatlashga tayyor ekanligi ta’kidlandi.



Marta o`qilgan: 948