×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
16:22:30 (GMT +5), payshanba, 20 - sentabr 2018
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


24 - may 2018

“Amnesty International” XNHT delegatsiyasi bilan uchrashuv

2018-yilning 24-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida mamlakatimizga tashrif buyurgan “Amnesty International” xalqaro nohukumat tashkilotining (XNHT) Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Mari Struters boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Suhbat davomida O‘zbekiston va “Amnesty International” XNHT o‘rtasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Mari Struters va uning hamrohlari Bosh prokuratura, Oliy sud, qator vazirlik va idoralarda, bir qator nodavlat va notijorat tashkilotlari vakillari bilan uchrashuvlardan olgan taassurotlari to‘g‘risida so‘zlab berdilar.

TIVdagi uchrashuvda O‘zbekiston tomonining “Amnesty International”dan yashiradigan yoki muhokama kun tartibidan olib tashlanadigan masalalari yo‘qligi qayd etildi.

Mamlakatimiz sud tizimida insonparvarlikni oshirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda, radikalizmga qarshi kurashda an’anviy, aksariat hollarda repressiv ko‘rinish olgan choralardan voz kechilmoqda. Ko‘proq e’tibor profilaktika, ish bilan ta’minlash, ijtimoiy reabilitatsiya, ma’rifat va tarbiyaga qaratilmoqda.

Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston erishilgan natijada to‘xtab qolmaslik va inson huquqlarini ta’minlash sohasida aniq sa’y-harakatlarini davom ettirishni qat’iyan maqsad qilgan.



Marta o`qilgan: 746