O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
19 - may 2018

O‘zbekiston Prezidentining hamdardlik maktubi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kuba Respublikasining Davlat Kengashi va Vazirlar Kengashi Raisi Migel Mario Dias-Kanel Bermudesga Kubada yo‘lovchi samolyotining halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lganligi munosabati bilan maktub yo‘lladi.

“Kuba xalqi uchun ushbu qayg‘uli kunda samimiy ta’ziyamni qabul qilishni va halok bo‘lganlarning oila a’zolari hamda yaqinlariga hamdarlik va dalda so‘zlarini, shuningdek, jarohatlanganlarga tezda sog‘ayishlari tilagini yetkazishni so‘rayman”, - deyiladi davlatimiz rahbari maktubida.



Marta o`qilgan: 1777