×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

+998 71-233-80-98


Elektron-pochta: info@mfa.uz


Konsullik-huquqiy departanmenti

+998 71-236-27-07 (viza masalalari)

+998 71-233-36-03, +998 71-233-67-23 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

+998 71-236-37-54 (pasport bo‘limi)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
23:36:57 (GMT +5), chorshanba, 8 - iyul 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


6 - aprel 2018

MDH Ijroiya qo‘mitasi Raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedevning “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangani to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga ko‘ra 2018-yilning 6-aprel kuni Minsk shahrida bo‘lib o‘tgan MDH ishtirokchi-davlatlari Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisi davomida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Hamdo‘stlik davlatlari tashqi siyosat idoralari delegatsiyalari rahbarlari va a’zolari hozirligida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi Raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedevga “Do‘stlik” ordenini topshirdi.

O‘zbekiston tashqi siyosat idorasi rahbari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonini o‘qib berdi va Sergey Lebedevga ko‘p tomonlama samarali aloqalar, MDH doirasida do‘stona va yaqin qo‘shnichilikka asoslangan davlatlararo munosabatlar, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan ko‘p tomonlama loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda faol ishtiroki, shuningdek, Hamdo‘stlik hududida xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashdagi ko‘p yillik shaxsiy hissasi uchun yuqori davlat mukofotini topshirdi.

O‘z navbatida Sergey Lebedev MDH Ijroiya qo‘mitasi Raisi – Ijrochi kotibi lavozimidagi faoliyatiga yuqori baho bergani uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga o‘zining samimiy va chuqur minnatdorligini yetkazishni so‘radi va o‘zi tug‘ilib o‘sgan mamlakati – O‘zbekistonning oliy davlat mukofotlaridan birini olish uning uchun alohida ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.



Marta o`qilgan: 2496