×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
01:36:47 (GMT +5), shanba, 23 - iyun 2018
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


11 - mart 2018

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga murojaatnomasi matni qirg‘iz tiliga tarjima qilindi

Bishkek shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 22-dekabr kuni Oliy Majlisga murojaatnomasining to‘liq matni qirg‘iz tilida kitob shaklida chop etildi.

Kitob taqdimoti 2018-yil 6-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25 yilligiga bag‘ishlangan “Qirg‘iziston-O‘zbekiston hamkorligi rivojlannishining yangi ufqlar” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya doirasida bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, konferensiya ishida Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Dinara Kemelova boshchiligidagi TIV vakillari, Qirg‘iziston favqulodda va muxtor elchilari, TIV Diplomatik akademiyasi, Strategik tadqiqotlar milliy instituti, “Manas” Qirg‘iz-Turk universiteti, Qirg‘iziston Milliy universiteti, Qirg‘iziston davlat universiteti, Qirg‘iziston xalqaro universiteti rahbarlari va professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar.

Tadbirda video-konferensiya aloqasi orqali O‘sh Davlat universiteti rahbariyati, o‘qituvchilari va Xalqaro aloqalar fakulteti talabalari faol ishtirok etdilar.

Konferensiya yakunlarini muhokama qilish chog‘ida Diplomatik akademiyaning “Xalqaro munosabatlar va huquq” kafedrasi professori, Elchi Irina Orolbayeva ta’kidlaganidek, O‘zbekiston Prezidenti murojaatnomasining matni qirg‘iz tilida chop etilishi Qirg‘iziston jamoatchiligiga qo‘shni mamlakatning muhim siyosiy hujjatini o‘z ona tilida o‘rganish imkonini beradi.

“Murojaatnomaning asosiy qismlarini diqqat bilan o‘rganib, men Qirg‘iziston va O‘zbekistonda rivojlanish uchun bir yo‘l mavjud degan xulosaga keldim, - dedi Elchi. - Shavkat Mirziyoyevning ko‘pchilik takliflari Qirg‘iziston uchun ham juda dolzarb. Kitobni o‘qish juda ham qiziq”.



Marta o`qilgan: 1710