O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
9 - mart 2018

Veb-saytning yangi bo‘limi ochilishi to‘g‘risida

2018-yilning 9-mart kuni TIV veb-saytining bosh sahifasida yangi bo‘lim ishga tushirildi. Ushbu bo‘lim tojik tilidagi o‘quvchilarga o‘z ona tillarida O‘zbekistondagi asosiy siyosiy voqealar bilan tanishish imkonini beradi.

Mazkur bo‘lim 1924-yildan buyon chop etilayotgan “Ovozi tojik” («Овози тоҷик») – O‘zbekiston Oliy Majlisi va Hukumati gazetasining faol ko‘magida tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Tojikistonga davlat tashrifi to‘g‘risidagi yangilik dastlabki ma’lumotlardan biri sifatida ushbu bo‘limga joylashtirildi.



Marta o`qilgan: 1365