×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

+998 71-233-80-98


Elektron-pochta: info@mfa.uz


Konsullik-huquqiy departanmenti

+998 71-236-27-07 (viza masalalari)

+998 71-233-36-03, +998 71-233-67-23 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

+998 71-236-37-54 (pasport bo‘limi)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
15:32:48 (GMT +5), shanba, 26 - sentabr 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


1 - mart 2018

O‘zbekiston-Tojikiston Davlat chegarasi orqali o‘tish punktlarining ochilishi to‘g‘risida

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmonning siyosiy irodasi va qo‘llovi natijasida O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi o‘rtasidagi munosabatlar yaxshilanishining sezilarli rivojlanishi kuzatilmoqda.

Ikki mamlakat rahbarlari o‘rtasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishning aniq misoli o‘laroq 2018-yil 1-mart kuni O‘zbekiston-Tojikiston Davlat chegarasi orqali 9 ta o‘tish punktlari tantanali ravishda ochildi.

“Jartepa” (“Sarazm”), “Qushkent” (“O‘ra-Tepa”), “Uchqo‘rg‘on” (“Havotog‘”), “Havastobod” (“Zafarobod”), “Bekabod” (“Hashtyak”), “Pop” (“Navbunyod”), “Ravot” (“Ravot”), “Gulbahor” (“Ayvaj”) avtomobil o‘tkazish punktlari va “Amuzang” (“Hoshadi”) temir yo‘li o‘tkazish punkti o‘z faoliyatini qayta boshlashi kutilmoqda.

“Ko‘lob-Moskva” yo‘nalishi bo‘ylab birinchi yo‘lovchi poyezdi “Amuzang” (“Hoshadi”) temir yo‘li o‘tkazish punkti orqali 2018-yil 7-mart kuni qatnashni boshlaydi.

Chegara punktlarining ochilish marosimlari ikki mamlakat rasmiy vakillari hamda tutash tuman aholisi ishtirokida tantanali tarzda va do‘stona muhitda o‘tdi.

Ikki davlatning qardosh xalqlari sabrsizlik bilan kutgan mazkur voqealik endilikda fuqarolarning o‘zaro qatnovini osonlashtirishga imkon yaratadi, bu esa o‘z navbatida ikki mamlakat do‘st xalqlarining qarindoshchilik aloqalarini saqlashga xizmat qiladi. Mazkur qadam O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi yaqin qo‘shnichilik va o‘zaro manfaatli munosabatlarni yanada mustahkamlash uchun qulay sharoit yaratadi.



Marta o`qilgan: 6031