O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
22 - fevral 2018

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga ishga qabul qilish talablari

Vazirlikka ishga kirish uchun nomzodlarga qo‘yiladigan talablar quyidagilardan iborat:

- O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lish;

- vazirlik asosiy ish faoliyati bilan bevosita bog‘liq yoki unga yaqin bo‘lgan yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lish;

- o‘zbek, rus va kamida bitta chet tilini yozma va og‘zaki ravishda mukammal bilish va unda muloqot olib borish;

- O‘zbekiston hukumati tomonidan olib borilayotgan ichki va tashqi siyosatning maqsadlari va mazmun-mohiyatini yaxshi anglash, milliy va davlat manfaatlarini xalqaro maydonda astoydil himoya qila olish;

- kuchli tahlil qilish qobiliyatiga ega bo‘lish, yozma va og‘zaki muloqot qoidalarini a’lo darajada bilish;

- o‘zbek xalqining boy tarixi, madaniyati, milliy qadriyatlarini chuqur anglash va ulardan to‘g‘ri foydalanishni bilish;

- keng dunyoqarash, mehnatsevarlik, tashabbuskorlik, qat’iy tartib-intizomga rioya etish;

- uzoq va qisqa muddatli xizmat safarlariga borishga tayyor bo‘lish;

- yuqori ish hajmi va bosim ostida ish yurita olish;

- jismoniy va ruhiy sog‘lom bo‘lish.

Nomzodlar ishga tanlov asosida qabul qilinadi. Tanlovdan faqat muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar ishga joylashish huquqini qo‘lga kiritadilar.

Fuqarolar mazkur masala yuzasidan o‘zlari haqidagi shaxsiy ma’lumotlari bilan Tashqi ishlar vazirligi devonxonasiga murojaat qilishi yoki info@mfa.uz va kadr@mfa.uz elektron pochtalari orqali yuborishi mumkin.



Marta o`qilgan: 14628