×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
05:56:03 (GMT +5), chorshanba, 18 - sentabr 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


14 - fevral 2018

«Boburnoma» — jahon adabiyotining beqiyos mulki

Shunday asarlar bo‘ladiki, qayta-qayta o‘qiging keladi. Har gal takror mutolaada esa undan yangicha, ilgari unchalik anglamagan ma’nolarni tushunib yetasiz. Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asari men uchun ana shu jihati bilan ahamiyatlidir. U bilan tanishar ekanman, Markaziy Osiyo, Afg‘oniston va Hindiston geografiyasining o‘sha davr uchun tengsiz ta’rifini, ana shu paytda yashab o‘tgan kishilarning batafsil tavsifini anglayman.

Bobur o‘z satrlarida obrazlarni mohirona ifodalashga erishgan. Masalan, Umar Shayx Mirzoning tashqi ko‘rinishi va odatlari yuzasidan misralarga e’tibor bering: “U past bo‘yli, paxmoq soqolli, lo‘ppi yuzli, to‘la kishi edi. To‘nni bisyor tor kiyar edi, andog‘kim, bog‘ bog‘laturda qornini ichiga tortib bog‘latur edi, bog‘ bog‘lag‘ondin so‘ng o‘zini qo‘ya bersa, bisyor bo‘lur edikim, bog‘lari uzulur edi. U kiymoqda va yemoqda betakalluf edi. Dastorni dastorpech chirmar edi. Bu ta’rif ila biz Bobur otasining ko‘rinishi va odatlari haqida yorqin tasavvur hosil qilishimiz mumkin.

Bobur Sulton Ahmad Mirzo, Sulton Mahmud Mirzo, Boysung‘ur Mirzo hamda Sulton Husayn Mirzoning ko‘rinishi va urf-odatlarini ham tasvirlaydi. Ularning barchasi temuriylar sulolasi vakillari va Boburning qarindoshlari. Bu ta’riflar juda yorqin va juda qiziqarli.

“Sulton Ahmad Mirzo baland bo‘yli, kuchli, qunqor soqolli va qizil yuzli odam edi”.

“Sulton Mahmud Mirzo past bo‘yli, baquvvat, burma soqolli, suhansizroq kishi edi”.

“Boysung‘ur Mirzo ulug‘ ko‘zli, qo‘ba yuzli, o‘rta bo‘yli, turkman chehralik va malohatli yigit edi”.

“Sulton Husayn Mirzo qiyiq ko‘zli, sherkelbat kishi edi. Belidan pasti ingichka edi... Mafosil xastaligi tufayli namoz o‘qiy olmas, ro‘za ham tutmasdi”.

Ularning tashqi qiyofasi haqidagi ta’riflari aniq va yorqin, biz ularning ko‘rinishini osongina tasavvur qilishimiz mumkin. Qizig‘i shundaki, garchi Sulton Ahmad Mirzo va Sulton Mahmud Mirzo tug‘ishgan aka-uka bo‘lsa-da, birinchisi baland bo‘yli, keyingisi esa past bo‘yli edi. Biroq ularning ikkisi ham baquvvat edi.

Bobur Umar Shayx Mirzoning xulq-atvorini quyidagicha tasvirlaydi: “U hanafiy mazhablik va pokiza e’tiqodlik kishi edi, besh vaqt namozni tark qilmas edi. Umriy qazolarini tamom qilib edi, aksar tilovat qilur edi. Hazrat Hoja Ubaydulloga irodati bor edi, suhbatlarig‘a bisyor musharraf bo‘lub edi. Hazrat Hoja ham farzand deb edilar. Ravon savodi bor edi”. “Hamsatayn” va masnaviy kitoblarni va tarixlarni o‘qub edi. Aksar “Shohnoma” o‘qur edi. Ta’bi nazmi bor edi, vale she’rg‘a parvo qilmas edi”.

Yuqoridagilar bilan Bobur otasining haqiqatparvarligini bayon etadi va otasining go‘zal xulqiga misol keltiradi. “Bisyor saxovati bor erdi. Xulqi dag‘i saxovaticha bor erdi, xushxulq va harrof va fasih va shirin zabon kishi erdi, shu jo‘va mardona kishi erdi. O‘qni o‘rta chog‘liq otar edi, bisyor zarb mushti bor edi, aning mushtidan yigit yiqilmog‘on yo‘tur. Mulkgirlik dag‘dag‘asi jihatidin heyli yarashlar urushqa va do‘stluqlar, dushmanliqqa mub addal bo‘lur edi. Burunlar ko‘p ichar edi, so‘ngralar haftada bir-ikkita qatla suhbat tutar edi, xushsuhbat kishi edi. Taqrib bila ho‘b abyot o‘qur edi”.

“Boburnoma”dagi personajlarga Boburning tavsifi yorqin va rang-barang. Uning o‘zi tavsiflari tamoyilini quyidagicha izohlaydi: “Men bor haqiqatni yozdim... Men nima sodir bo‘lganini boricha yozdim. Mening hikoyamda har bir narsaning haqiqatini yozishni va har bir hodisani aynan qanday sodir bo‘lganini tushurishni vazifasini qo‘ydim. Men o‘z qarindoshlarim orasida ko‘rgan har qanday yaxshilik va yomonlikni belgilab qo‘yganimdan so‘ng, o‘z vatandoshlarim va musofirlarimning barcha fazilatlarini va kamchiliklarini aniqladim”.

Bobur o‘z davrining hukmdorlari hamda shahzodalariga teng maqomga ega bo‘lganligi sababli, ular haqida hamma narsani bilgan va ko‘rgan narsalarini aynan qog‘ozga tushirgan. Qahramonlarni tavsiflash orqali vaqt fazalarini aniqlashtirish bu asar tarixiy yozuvida beqiyos hamda o‘ziga xos usul bo‘lgan. Biz uni o‘z davridan ilgarilab ketgan, deb ayta olamiz.

Bobur qahramonlarining ajoyib tavsiflari tufayli biz yaqin kelajakda temuriylar sulolasining inqirozga yuz tutishini shubhasiz taxmin qila olishimiz mumkin.

Bobur va “Boburnoma” haqida aytilmagan fikrlar hali juda ko‘p. Boisi, asar ham, uning muallifi ham har bir zamonda jahon adabiyotining beqiyos mulki hisoblanadi.

Eyji MANO,

Yaponiyaning Ryukoku universiteti professori, boburshunos olim.



Muallif: "Xalq so'zi" gazetasi
Marta o`qilgan: 4678