×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
23:20:39 (GMT +5), yakshanba, 24 - iyun 2018
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


13 - fevral 2018

Buxoro yahudiylarining Butunjahon kongressi delegatsiyasi bilan uchrashuv

2018-yilning 13-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizga tashrif buyurgan Buxoro yahudiylarining Butunjahon kongressi (BYBK) prezidenti, taniqli tadbirkor va jamoat arbobi Lev Levayev boshchiligidagi delegatsiyasini qabul qildi.

Delegatsiya tarkibidan AQSh va Kanadaning Buxoro yahudiylari kongressi raisi Boris Kandov, Rossiya Buxoro yahudiylari kongressi raisi Yakov Leviyev va boshqalar o‘rin olgan.

Tashqi ishlar vazirligida bo‘lib o‘tgan suhbatda O‘zbekiston va BYBK o‘rtasidagi munosabatlarning holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuvda qayd etilganidek, xalqlarimizning o‘zaro hamkorligi uzoq tarixga ega bo‘lib, ko‘p asrlar ilgari hozirgi O‘zbekiston hududida yahudiy jamoalari paydo bo‘lgan davrga borib taqaladi. Asrlar davomida Buxoro yahudiylari tinchlik va totuvlikda yashab, o‘zbek zaminida o‘z Vatanlarini topdilar.

Isroil, AQSh va boshqa mamlakatlarda istiqomat qilayotgan asli o‘zbekistonlik yahudiylar mamlakatimiz bilan aloqalarini uzmasdan, o‘zbek xalqiga samimiy va chuqur hurmat hissini saqlayotganligi yurtimizda yuqori baholanadi. Bu esa o‘z navbatida xalqlarimiz farovonligi yo‘lida o‘zaro manfaatli hamkorlikni izchil mustahkamlash va aloqalarni kengaytirish imkonini yaratadi.

Turli darajalardagi o‘zaro almashinuvlarga doir masalalarni muhokama qilish chog‘ida Prezident Shavkat Mirziyoyevning 12-fevralda kuchga kirgan Farmoniga muvofiq Isroil fuqarolari uchun 30 kungacha vizasiz kirish to‘g‘risidagi nizomini BYBK delegatsiyasi mamnuniyat bilan qayd etdi. Isroilda 100 mingdan ortiq asli o‘zbekistonlik yahudiylar istiqomat qiladi.

Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi.


Anvar Ilyosov olgan surat



Marta o`qilgan: 1530