×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
16:06:18 (GMT +5), seshanba, 18 - dekabr 2018
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


12 - fevral 2018

Hindiston Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv

2018-yilning 12-fevral kuni Dehli shahrida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Hindiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Sushma Svaraj bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Turli darajalardagi O‘zbekiston-Hindiston muntazam muloqotining davomi sifatida vazirlar ikki tomonlama kun tartibning dolzarb masalalari hamda mintaqaviy hamkorlikning alohida mavzularini muhokama qildilar.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Hindistonning siyosiy, ishbilarmon va boshqa doiralari orasida ikki mamlakat hamkorligini yanada mustahkamlashga qiziqish oshayotganligi qayd etildi. O‘zbekiston va Hindistonning yetakchi firma va kompaniyalari vakillari uchun shart-sharoit yaratish va ular o‘rtasidagi aloqalarni o‘zaro qo‘llab-quvvatlashga asosiy e’tibor qaratildi.

O‘zbekiston TIV rahbari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sherikchilik” nomli Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyaga tayyorgarlik jarayoni to‘g‘risida hindistonlik hamkasbiga ma’lumot berdi. Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Hindiston tomoni Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent forumini o‘tkazishga oid O‘zbekiston tashabbusini to‘liq qo‘llab quvvatladi.



Marta o`qilgan: 2271