×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

+998 71-233-80-98


Elektron-pochta: info@mfa.uz


Konsullik-huquqiy departanmenti

+998 71-236-27-07 (viza masalalari)

+998 71-233-36-03, +998 71-233-67-23 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

+998 71-236-37-54 (pasport bo‘limi)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
23:14:55 (GMT +5), juma, 25 - sentabr 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


17 - noyabr 2017

O‘zbekiston-Gruziya siyosiy maslahatlashuvlariga oid

2017-yilning 14-15-noyabr kunlari Tbilisi shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Gruziya tashqi ishlar vazirliklari delegatsiyalari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi bo‘lib o‘tdi.

Gruziya delegatsiyasiga vazir o‘rinbosari David Jalaganiya boshchiliq qildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston-Gruziya kun tartibining asosiy masalalari hamda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi davlatlararo hamkorlikni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.

Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Gruziya Bosh vaziri Georgi Kvirikashvilining 2017-yil sentabr oyida Nyu-York shahridagi uchrashuvi ikki tomonlama munosabatlarda muhim bosqich bo‘ldi va hamkorlikni chuqurlashtirishning istiqbolli yo‘nalishlarini belgiladi.

Gruziya delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasida va 10-noyabrda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” mavzuyidagi xalqaro konferensiyada so‘zlagan dasturiy nutqlarining asosiy qismlari to‘g‘risida xabardor qilindi.

Davlatimiz rahbari ilgari surgan tashabbuslar O‘zbekiston-Gruziya aloqalarini kengaytirish, unga ko‘p qirrali tus berish va hamkorlikning birgalikdagi mexanizmlarini faollashtirish uchun mustahkam asos yaratishi ta’kidlandi. Bu nuqtayi nazardan Savdo-iqtisodiy munosabatlar bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning navbatdagi majlisini o‘tkazish muddati va kun tartibi bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvda xalqaro va mintaqaviy muammolarning alohida mavzulari ham muhokama qilindi.



Marta o`qilgan: 3570