O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
27 - sentabr 2017

O‘zbekiston va Qirg‘iziston Hukumat delegatsiyalarining ishchi guruhlari uchrashuviga doir

2017-yilning 21-27-sentabr kunlari Qirg‘izistonning Botken shahrida O‘zbekiston-Qirg‘iziston Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi Hukumatlari delegatsiyalari ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning shu yil 5-6-sentabrdagi Qirg‘iziston Respublikasiga davlat tashrifi davomida tuzilgan O‘zbekiston-Qirg‘iziston Davlat chegarasini delimitatsiya qilish bo‘yicha Shartnomada keltirilmagan chegaradagi boshqa uchrastkalarni belgilash davom ettirildi.

An’anaviy do‘stlik va konstruktiv ruhda bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakuniga ko‘ra Bayonnoma imzolandi.



Marta o`qilgan: 3520