O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
15 - sentabr 2017

Bangladesh Elchisi bilan uchrashuv

2017-yilning 15-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Bangladesh Xalq Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Masud Mannanni qabul qildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 12-sentabrdagi Myanmadagi ozchilikni tashkil etuvchi musulmonlarga ko‘rsatilayotgan zo‘ravonlik holatlari haqidagi bayonoti va O‘zbekiston Hukumati tomonidan Bangladeshga qochqinlarning ehtiyojlari uchun ularga insonparvarlik yordamini yuborish toʻgʻrisidagi qaroriga oid amaliy masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuv chog‘ida ikki tomon munosabatlarining hozirgi holati va istiqbollari, shuningdek O‘zbekiston hukumat delegatsiyasining Bangladeshga bo‘lajak tashrifi kun tartibi va dasturi ham ko‘rib chiqildi.



Marta o`qilgan: 3916