×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
19:15:12 (GMT +5), payshanba, 18 - yanvar 2018
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
Tashqi ishlar vazirining virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


8 - avgust 2017

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining To‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotida ko‘tartilgan masalalarni yechish jarayoni ko‘rib chiqildi

2017-yilning 7-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov idoralararo yig‘ilish o‘tkazdi. Unda joriy yilning 5-iyul kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining vatandoshlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqoti doirasida ko‘tarilgan masalalarni yechish yuzasidan qilinayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot tinglandi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi va boshqa davlat tuzilmalari vakillari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga binoan fuqarolarning chet elga borish ruxsatnoma yozuvi stikerini bekor qilish hamda xorijga chiqish pasportini bosqichma-bosqich joriy etishni ko‘zda tutuvchi, fuqorlikdan chiqishni rasmiylashtirish hamda xorijga kelgan fuqarolarning mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish tartibini soddalashtirish to‘g‘risidagi davlat rahbari qarorlari loyihalari hamda qonunchilikka, qonun osti hujjatlariga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha boshqa takliflar tayyorlangani va idoralararo kelishuv bosqichida turgani ma’lumot uchun qabul qilindi.

Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining mehnat migrantlarini tegishli ijtimoiy paket, jumladan zarur yashash-maishiy sharoit, munosib ish haqi darajasi va boshqa imtiyozlar bilan ta’minlashni ko‘zda tutuvchi O‘zbekiston fuqarolarini ishga yollashni tashkillashtirish bo‘yicha yirik xorijiy hamkorlar bilan ikki tomonlama bitimlar tuzish bo‘yicha faoliyati qo‘llab-quvvatlandi.

Yig‘ilish yakunlariga ko‘ra Idoralararo ishchi guruhi tarkibi va uning 2017-2018-yillarga mo‘ljallangan Ish rejasi kelishildi va tasdiqlash uchun taklif qilindi.



Marta o`qilgan: 5120