×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

+998 71-233-80-98


Elektron-pochta: info@mfa.uz


Konsullik-huquqiy departanmenti

+998 71-236-27-07 (viza masalalari)

+998 71-233-36-03, +998 71-233-67-23 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

+998 71-236-37-54 (pasport bo‘limi)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
00:33:51 (GMT +5), payshanba, 9 - iyul 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


3 - avgust 2017

Qirg‘izistonning Issiqko‘l viloyatida sodir bo‘lgan YTHga doir

‘zbekiston Respublikasining Qirg‘izistondagi Elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra 2017-yilning 3-avgust kuni Issiqko‘l viloyatining Qizil-O‘ruk qishlog‘ida taxminan soat 11:30 da “Baliqchi-Cho‘lponota-Qorako‘l” avtomobil yo‘lining 17-kilometrida mikroavtobus va yengil avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Olingan ma’lumotlarga binoan mikroavtobusda O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan. Baxtsiz hodisa oqibatida 9 ta odam jarohatlandi. Ulardan 4 nafari, jumladan bir bola – O‘zbekiston fuqarolari.

O‘zbekiston Elchixonasi mahalliy huquqni muhofaza qilish organlari bilan aloqa o‘rnatdi. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra jarohat olgan 9 odamning hammasi Baliqchi shahridagi hududiy kasalxonaga yetkazilgan. Ayni paytda YTH joyida tezkor tergov guruhi ish olib bormoqda.

Elchixona Konsullik bo‘limi tomonidan jarohatlangan O‘zbekiston fuqarolarining shaxsi aniqlanmoqda va ularga zarur yordam ko‘rsatish bo‘yicha tegishli choralar qo‘llanilmoqda.



Marta o`qilgan: 4107