×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
20:59:16 (GMT +5), seshanba, 23 - yanvar 2018
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
Tashqi ishlar vazirining virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


14 - iyul 2017

Yevropa Ittifoqi Komissiyasi Bosh direktorati rahbari bilan uchrashuv

2017-yilning 14-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Yevropa Ittifoqi Komissiyasining Xalqaro hamkorlik va rivojlanish bo‘yicha Bosh direktorati rahbari Stefano Manservisi boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.


Suhbat davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi hamkorligining holati va istiqbollari, shuningdek, YIning Markaziy Osiyo bilan yangi hamkorlik strategiyasining samaradorligini oshirish nuqtayi nazaridan uni tadbiq etish jarayoni muhokama qilindi.

Uchrashuvda Brussel shahrida bo‘lib o‘tadigan “O‘zbekiston-YI” hamkorlik kengashining 13-majlisi, Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Bosh vakili Federika Mogerinining mamlakatimizga tashrifi, “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” mintaqalararo uchrashuvining navbatdagi yig‘ilishini O‘zbekistonda o‘tkazish va boshqa qo‘shma tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish jarayoni amaliy jihatdan ko‘rib chiqildi.

Moliyaviy-texnik sohada aloqalarni mustahkamlashga mas’ul sherikchilikning yangi organi – Rivojlanish maqsadida hamkorlik bo‘yicha kichik qo‘mitani ta’sis etishga ikki tomon ham rozi ekanligi tasdiqlandi.

Uchrashuvda xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Muzokaralarda Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Delegatsiyasi rahbari, Elchi Eduard Striprays ishtirok etdi.

Anvar Ilyosov olgan surat



Marta o`qilgan: 2820