O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
13 - iyul 2017

Sankt-Peterburg shahridagi yong‘inga doir

OAV xabarlariga ko‘ra 2017-yilning 13-iyul tongida Sankt-Peterburg tarkibiga kiruvchi Kolpino shahridagi metal angarida umumiy maydoni 600 kv. m.ga teng bo‘lgan yong‘in sodir bo‘ldi.

Yong‘in qoldiqlarini ajratish paytida o‘t o‘chiruvchilar tomonidan O‘zbekiston fuqarolari deb taxmin qilinayotgan 7 ta jasad topilgan.

Ayni paytda mahalliy hukumat tomonidan tergov tadbirlari olib borilmoqda.

TIV topshirig‘iga binoan voqeaning butun tafsilotlarini va halok bo‘lganlarning shaxsini aniqlash jarayonida ishtirok etish uchun O‘zbekistonning Rossiyadagi Elchixonasi vakillari Moskva shahridan Sankt-Peterburg shahriga uchib kettilar.



Marta o`qilgan: 4193