×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
00:26:32 (GMT +5), chorshanba, 17 - yanvar 2018
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
Tashqi ishlar vazirining virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


5 - iyul 2017

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri vatandoshlarimiz bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘tkazdi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining vatandoshlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqoti hozirgina yakunlandi.

Vazir 2 soat 51 minut vaqt davomida “O‘zbekiston” va “MY5” telekanallarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda mamlakat ichidagi, xorijdagi va studiyadagi fuqarolar tomonidan berilgan 39 ta savolga javob berdi.

Savollarning aksariyati qismi fuqarolik, hujjatlar yo‘qolganda ularni tiklash, qarindoshlar va yaqinlarni qidirish, turli murakkab hayotiy holatlarda yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar va boshqa ko‘plab masalalarni o‘z ichiga oldi.

O‘zbekistonning qo‘shni davlatlar, dunyoning boshqa mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar bilan munosabatiga taalluqli bo‘lgan keskin savlollar ham Abdulaziz Kamilov e’tiboridan chetda qolmadi.

Teleefir yakunlanganidan so‘ng Tashqi ishlar vaziri milliy va xorijiy OAV xodimlari bilan uchrashdi va ularni qiziqtirgan barcha savollarga javob berdi.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot manziliga o‘z savollari va xatlarini yuborib, javob olishga ulgurmaganlar uchun ma’lum qilamizki, Prezident virtual qabulxonasiga, Vazirlikning virtual qabulxonasiga, muloqot@tiv.uz elektron manziliga, Tashqi ishlar vazirligining Facebookdagi rasmiy sahifasiga va Telegram manziliga yuborilgan savollarning barchasi qayd qilindi va murojaat mualliflari o‘z savollariga to‘liq va mukammal javoblar olishadi.



Marta o`qilgan: 4502