×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
00:25:15 (GMT +5), chorshanba, 17 - yanvar 2018
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
Tashqi ishlar vazirining virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


1 - iyun 2017

2017-yil 1-iyundan 12-iyulgacha bo‘lgan davrda Rossiyaga boradigan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga

Rossiya Federatsiyasi Prezidentining «Rossiyada Futbol bo‘yicha 2018-yilgi jahon chempionati va 2017-yilgi FIFA Konfederatsiyalar kubogini o‘tkazish davrida kuchaytirilgan xavfsizlik choralarini qo‘llash xususiyatlari to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq ushbu tadbirlar o‘tkaziladigan vaqtda chet el fuqarolarini migratsion hisobga (ro‘yxatga) olish tartibi o‘zgartiriladi.

Farmonga ko‘ra to‘rtta Rossiya shaharlari – Moskva, Sankt-Peterburg, Sochi va Qozonda 2017-yilning 1-iyunidan 12-iyuligacha, shuningdek 2018-yilning 25-mayidan 25-iyuligacha Moskva, Sankt-Peterburg, Volgograd, Yekaterinburg, Qozon, Kaliningrad, Nijniy Novgorod, Rostov-na-Donu, Samara, Saransk va Sochida chet el fuqarolarini migratsion hisobga qo‘yish muddati Rossiyaga kelgan kunidan boshlab bir sutkagacha qisqartirildi.

«Vaqtinchalik bo‘lib turish (vaqtinchalik yoki doimiy yashash) uchun kelgan chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni bo‘lib turish joyida hisobga qo‘yish yoki yashash joyida ro‘yxatga olish ularning bo‘lib turish joyiga yoki yashash joyiga yetib kelgan kunidan boshlab bir sutka ichida Rossiya Federatsiyasi qonunchiligida ko‘zda tutilgan hujjatlarni qabul qiluvchi tomon yoki bevosita chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan taqdim etilgach, Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligining tegishli hududiy organi tominidan amalga oshiriladi», - deb yozilgan hujjatda.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari mazkur o‘zgarishlarni albatta hisobga olishlari shart. Zero o‘z vaqtida migratsion hisobga qo‘ymaslik ma’muriy tartiblarni buzganlik deb baholanishi va keyinchalik Rossiya hududiga kirishga cheklov qo‘yilishiga olib kelishi mumkin.



Marta o`qilgan: 6741