×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
17:58:35 (GMT +5), chorshanba, 27 Маy 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


27 - iyun 2017

Vengriya Tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv

2017-yilning 27-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Vengriyaning Tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vaziri Peter Siyarto bilan uchrashdi.

2016-yilning oktabr va dekabr oylarida Brussel va Gamburg shaharlarida bo‘lib o‘tgan ikki tomonlama uchrashuvning davomi sifatida tashqi siyosat idoralari rahbarlari O‘zbekiston-Vengriya munosabatlarining siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi dolzarb masalalarini muhokama qildilar.

Davlatlararo hamkorlikni yanada kengaytirish, biznes hamjamiyati, ilmiy doiralar, ta’lim muassasalari vakillari, madaniyat va san’at faollari o‘rtasida aloqalarni mustahkamlashdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi ta’kidlandi.

Uchrashuvda moliya, qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va ta’lim sohalarida istiqbolli qo‘shma loyihalar amaliy jihatdan muhokama qilindi. Xususan, Vengriya tomoni o‘zbekistonlik talabalar ta’lim olishlari uchun yiliga 30 ta stipendiya ajratishni rejalashtirmoqda.

Suhbat davomida qayd etilganidek, bugun bo‘lib o‘tadigan Vengriyaning Toshkent shahridagi Elchixonasining rasmiy ochilish marosimi ikki tomonlama aloqalarni tizimli asosda mustahkamlash va ko‘p qirrali tus berishga imkon yaratadi.

Vazirlar mintaqa va xalqaro maydondagi kun tartibga ham alohida e’tibor qaratdilar.

Muzokaralar yakunlanganidan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan Vengriya Inson resurslari vazirligi o‘rtasida 2017-2020-yillarga mo‘ljallangan sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim vazirlar tomonidan imzolandi.

Tadbirlarda Vengriya Elchisi Peter Santo ishtirok etdi.

Anvar Ilyosov olgan surat



Marta o`qilgan: 7142