×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
17:05:36 (GMT +5), yakshanba, 22 - sentabr 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


20 - iyun 2017

Senatorlar Harakatlar strategiyasi ijrosida faol ishtirok etmoqda

Bugun mamlakatimiz taraqqiyotida yangi bosqichni belgilab bergan Harakatlar strategiyasi asosida hayotbaxsh o‘zgarishlar, xalqchil islohotlar ro‘yobga chiqarilmoqda.

Jumladan, parlamentimiz yuqori palatasi tomonidan ma’qullanayotgan qonunlar, ko‘rib chiqilayotgan masalalar ham ushbu dasturilamal hujjatda belgilangan maqsad va vazifalar ijrosini ta’minlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

“Taraqqiyot strategiyasi” markazida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida aynan Senatning Harakatlar strategiyasini amalga oshirish borasidagi faoliyati, yaqinda bo‘lib o‘tgan o‘ninchi yalpi majlisida ko‘rib chiqilgan masalalar haqida so‘z bordi.

Qayd etilganidek, parlament a’zolari bugungi kunda yurtimizda kechayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlarga hamohang ravishda xalq bilan doimiy muloqot asosida izchil faoliyat olib borayotir. Senat a’zolari tumanlardagi haqiqiy ahvolni har oyda o‘n kun davomida o‘rganib borayotgani qonun ijodkorligi, nazorat-tahlil faoliyatida qo‘l kelayapti.

Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari T. Madumarovning aytishicha, parlament a’zolari tomonidan hozirgi kunga qadar 60 dan ortiq tumanlardagi ijtimoiy-iqtisodiy hamda boshqa yo‘nalishlardagi haqiqiy holat o‘rganilib, tahlil qilindi. O‘rganishlar davomida salkam 23 ming xonadonlardagi 218 mingdan ziyod fuqarolarning, shuningdek, 5 mingdan ortiq tadbirkorlarning mavjud muammo va kamchiliklar yuzasidan fikrlari eshitildi.

Shu bilan birga, Senat tomonidan ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi borasidagi faoliyati ustidan parlament hamda jamoatchilik nazoratini ta’minlash ishlari ham o‘z natijalarini bera boshladi. Senat huzuridagi komissiya tomonidan 42 ta tumanda o‘rganishlar o‘tkazilib, tegishli hudud ichki ishlar bo‘limlari boshliqlarining ushbu masala yuzasidan hisoboti mahalliy Kengashlarda eshitilishi amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Ayni paytda ta’lim muassasalari va voyaga yetmaganlarning huquqbuzarliklari profilaktikasiga mas’ul idora hamda tashkilotlar hamkorligining yangi, samarali mexanizmlari joriy etildi.

Anjumanda yuqori palataning yaqinda bo‘lib o‘tgan yalpi majlisida ko‘rib chiqilgan masalalar mazmun-mohiyati haqida atroflicha axborot berildi. Ta’kidlanganidek, bugungi kunda yangi qabul qilingan qonunlar va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ijrochilarga yetkazish, ularning ahamiyatini keng jamoatchilikka tushuntirishga alohida e’tibor berilmoqda. Ularning barchasi Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar bilan uyg‘undir.

Xususan, Konstitutsiyamizga kiritilgan o‘zgartishlar, “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun hamda boshqa qator qonunlar Harakatlar strategiyasining birinchi va ikkinchi ustuvor yo‘nalishlarini hayotga tatbiq etishga qaratilgan. Ular davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta’minlash hamda sud-huquq tizimini yanada isloh etishga yo‘naltirilgan yangilanishlarni mazmunan boyitadi.

Chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish, jumladan, O‘zbekistonning yon-atrofida xavf-sizlik, barqarorlik hamda ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish, mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash yaqin besh yillikning asosiy vazifalaridandir. Senatorlarning qayd etishicha, O‘zbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston o‘rtasidagi strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnomaning, shuningdek, Yevropa Hamjamiyatlari bilan “To‘qimachilik bayonnomasi” deb nom olgan bitimning ratifikatsiya qilingani ana shu maqsad yo‘lidagi amaliy qadamlar hisoblanadi.

Yana bir muhim jihat. Ma’lumki, Harakatlar strategiyasida turizmni rivojlantirish chora-tadbirlarini jadallashtirish nazarda tutilgan. Shu nuqtai nazardan senatorlar tomonidan Xorazm viloyatining Xiva shahri va Xiva tumanining chegaralarini o‘zgartirish hamda Xiva, Shahrisabz shaharlarini viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqilgani ayni muddaodir. Binobarin, Xiva va Shahrisabz shaharlarida turizm sohasini yanada rivojlantirish, turistlarga qulay shart-sharoitlar yaratish uchun mazkur “ochiq osmon ostidagi muzey”larni viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish tashabbusi senatorlar tomonidan ilgari surilgan.

Xiva shahrida 109 ta madaniy meros ob’ekti, 22 ta muzey, 34 ta mehmonxona, 6 ta folklor-etnografik ansambl, 16 ta restoran va kafe, 8 ta turoperator hamda 74 nafar hunarmandu tadbirkor xorijiy va mahalliy turistlar uchun xizmat ko‘rsatayapti. Shahrisabzda esa 72 ta madaniy meros ob’ekti, bitta muzey, 4 ta mehmonxona, 6 ta folklor-etnografik ansambl, 16 ta restoran va kafe, 8 ta turoperator hamda qirqdan ziyod hunarmand va tadbirkorlar faoliyat yuritayotir. Biroq shunga qaramay, 2016 yil davomida Xivaga 34 ming, Shahrisabzga esa 11 ming 200 nafarga yaqin xorijiy sayyohlar tashrif buyurgan, xolos. Qadimiy shaharlarga bu qadar kam sayyohning kelishi, avvalo, turistik salohiyatni yetarli darajada namoyish etishga yillar davomida zarur e’tibor qaratilmaganini tasdiqlaydi.

“Shaharlarning viloyat bo‘ysunuviga o‘tkazilishi esa bu ko‘rsatkichlarni bir necha barobar oshirish imkonini beradi. Ushbu hududlarning maqomi o‘zgarayotgani ularning zamonaviy shaharsozlik talablari asosida yanada rivojlanishiga xizmat qiladi”, dedi Senatning Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi Z. Nizomxo‘jayev.



Muallif: "Xalq so'zi" gazetasi
Marta o`qilgan: 8663