×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
18:01:52 (GMT +5), juma, 15 - noyabr 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


29 - mart 2017

“MEDEF Interneshnl”da uchrashuv

2017-yilning 29-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovning Fransiyaga rasmiy tashrifi doirasida Parij shahrida “MEDEF Interneshnl” Bosh direktori Filipp Gotye bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

“MEDEF Interneshnl” hozirgi kunda 750 mingdan ziyod fransuz kompaniya va firmalarini birlashtirib turgan Fransuz korxonalari harakati “MEDEF”ning xalqaro bo‘linmasi hisoblanadi.

Suhbat chog‘ida savdo-iqtisodiy va investitsion sohalarda O‘zbekiston-Fransiya hamkorligini yanada mustahkamlash istiqbollari borasida fikr almashildi.

Muzokaralar davomida Fransiya tadbirkorlarining O‘zbekistondagi sheriklar bilan hamkorlikni kengaytirishiga, jumladan O‘zbekiston Prezidenti tomonidan qabul qilingan keng miqyosli 2017-2021-yillarda mamlakatni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishda o‘zaro manfaatli asosda ishtirok etishiga qiziqish bildirildi. Shu mazmunda uchrashuvda “MEDEF Interneshnl” yetakchiligida Fransiya biznes doiralari nufuzli delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish hamda Toshkent shahrida qo‘shma biznes-forum o‘tkazish masalalarining amaliy jihatlari muhokama qilindi.



Marta o`qilgan: 3213