×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
01:28:37 (GMT +5), seshanba, 17 - sentabr 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


15 - mart 2017

Shanxayda Alisher Navoiyga haykal o‘rnatildi

Xitoyning yirik shaharlaridan birida, Shanxay universitetining markaziy maydonida buyuk o‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy haykali o‘rnatildi.


Uning ochilishiga bag‘ishlangan marosimda Toshkent shahar hokimligi hamda O’zbekiston Badiiy akademiyasi vakillaridan iborat mamlakatimiz delegatsiyasi, Xitoyning Shanxay va boshqa universitetlari rahbariyati, o‘qituvchi-professorlari, Xorijiy davlatlar bilan do‘stlik uyushmasi, yetakchi tahliliy markazlar xodimlari, jamoatchilik vakillari, talabalar hamda jurnalistlar qatnashdi.

Bronzadan ishlangan 3 metrlik ulug‘vor yodgorlikka granitdan yasalgan maxsus supa va uning atrofida yo‘laklar barpo etilgani yig‘ilganlar tahsiniga sazovor bo‘ldi. Ta’kidlash joizki, ko‘p millionli aholi istiqomat qiladigan mazkur ulkan shaharda dunyoning ko‘plab buyuk shaxslariga yodgorlik byust ko‘rinishida o‘rnatilgan, Alisher Navoiyga esa bor bo‘y-bastini namoyon etgan ulkan haykal qad rostladi.

Tadbirda so‘zga chiqqan Shanxay universiteti partiya qo‘mitasi kotibi Lo Xunsze o‘zbek xalqining Sharq mamlakatlari hamda butun dunyo madaniy merosiga qo‘shgan hissasining yorqin ifodasi bo‘lgan Alisher Navoiy shaxsiga oliy o‘quv yurti hududida haykal o‘rnatilishidan behad mamnunligini izhor qildi.

— Bu xitoyliklarning o‘zbek xalqiga, uning adabiyoti va san’atiga ulkan hurmatining namunasidir. Buyuk Ipak yo‘lining chorrahasida joylashgan O’zbekiston zamini dunyoga zamonaviy sivilizatsiyaning shakllanishiga o‘zining ulkan hissasini qo‘shgan ko‘plab daho shaxslarni bergan, — dedi L. Xunsze. — O’zbek xalqining buyuk farzandi bo‘lmish Alisher Navoiy dunyo adabiyotida o‘chmas iz qoldirdi. Davlat boshqaruvida nufuzli lavozimni egallab turarkan, u ilm-fanni qo‘llab-quvvatladi, o‘sib kelayotgan avlodning ta’lim olishiga xizmat qildi, uning mislsiz go‘zal nazmiy asarlari esa Sharq she’riyati tarixida yangi davrni boshlab berdi. Navoiy dostonlarida ko‘tarilgan g‘oyalar hamda qarashlar oradan asrlar o‘tgan bo‘lishiga qaramay, o‘z dolzarbligini hamon yo‘qotmagan.

— Biz o‘zbek adabiyoti daho vakilining haykali shahrimiz markazida joylashgan universitetimiz maydonida viqor bilan turishi va unga har kuni 40 mingdan ziyod talaba hamda o‘qituvchilarning nazari tushishidan faxrlanamiz, — dedi Shanxay universiteti huzuridagi O’zbekiston bilan tadqiqot va ta’lim almashinuvi markazi direktori Yao Simin. — Kelgusida har yili 9 fevral kuni ana shu yodgorlik oldida Alisher Navoiy tavalludi kuni nishonlanadi.

Xorijiy davlatlar bilan do‘stlik uyushmasi vitse-prezidenti Jin Ingning fikriga ko‘ra, Alisher Navoiy o‘zbek mumtoz adabiyoti tarixida muhim o‘rin egallaydi.

— Navoiy ijodi o‘z davri she’riyatini sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tardi. Bugungi kunda ham uning badiiy merosi mutaxassislar tomonidan katta e’tibor bilan o‘rganilmoqda. Xususan, Xitoyda Alisher Navoiy shaxsiga qiziqish ortib borayapti, Shanxay shahrida atoqli mutafakkirga o‘rnatilgan haykal buning yaqqol tasdig‘idir.



Muallif: “Xalq so‘zi” gazetasi
Marta o`qilgan: 8988