×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
19:27:11 (GMT +5), yakshanba, 20 - oktabr 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


15 - dekabr 2016

Qozog‘iston Prezidenti bilan telefon orqali muloqot

2016-yil 15-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi.

Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyev va qardosh Qozog‘iston xalqini tarixiy sana – Qozog‘iston Respublikasi davlat mustaqilligining 25-yilligi bilan samimiy tabrikladi.

O‘z navbatida Qozog‘iston Prezidenti O‘zbekiston rahbarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishgani bilan muborakbod etdi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston rahbarlari siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda O‘zbekiston –Qozog‘iston hamkorligini rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan qator mintaqaviy va xalqaro dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

Davlat rahbarlari o‘zaro hamkorlikning barcha sohalari bo‘yicha amaliy, ishonchli va ochiq muloqotni davom ettirishga qat’iy ishonch bildirdilar.

Nursulton Nazarboyev Shavkat Mirziyoyevni o‘ziga qulay vaqtda Qozog‘istonga davlat tashrifi bilan kelishni taklif etdi.

Taklif mamnuniyat bilan qabul qilindi.

Suhbat an’anaviy do‘stlik, hamfikrlik, o‘zaro hurmat va samimiyat ruhida o‘tdi.



Muallif: O‘zA
Marta o`qilgan: 2816