O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
28 - iyul 2016

O‘zbekiston Prezidenti hamdardlik izhor etdi

2016-yilning 28-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Yaponiya Bosh vaziri Shindzo Abega 26-iyulda Sagamihara shahridagi nogironlar uyida ko‘plab insonlarning halok bo‘lishiga olib kelgan fojiaviy hodisa munosabati bilan maktub yo‘lladi.

Davlatimiz rahbari o‘z maktubida samimiy ta’ziya izhor etib, qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamda jarohatlanganlarga chuqur hamdardlik va dalda bildirdi.



Marta o`qilgan: 4724