×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
13:30:19 (GMT +5), yakshanba, 29 - mart 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


15 - mart 2016

O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi ochiq tanlov savdolariga taklif etadi

DIQQAT! DIQQAT! DIQQAT!

BARCHA CHET EL INVESTORLARI DIQQATIGA!

O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 28-apreldagi “Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2340-sonli qaroriga asosan strategik xorijiy investorlarga sotilishi belgilangan quyidagi aksiyadorlik jamiyatlarining davlat aksiyalar paketlari bo‘yicha

OCHIQ TANLOV SAVDOLARIGA TAKLIF ETADI!

Jamiyatning nomi va yuridik manzili

Faoliyat ixtisosligi

Jamiyatning tavsifi

(2015-yil yakuni bo‘yicha)

Davlat aksiya paketi (foizda)

Aksiyalar soni

(dona)

Boshlang‘ich narxi

(AQSh dollarida)

Savdo tashkilotchisi

aksiyalar paketi uchun

1 dona aksiya uchun*

1.

“NAVOIYAZOT” aksiyadorlik jamiyati, Navoiy viloyati, Navoiy shahri-5, Sanoat hududi

Mineral o‘g‘itlar, nitron tolasi va kimyoviy reagentlar ishlab chiqarish

Sof foyda (zarar)
- 47 204 731 ming so‘m, ishchilar soni 10 068 ta.

49,0

153 212 850

200 901 154,55

1,32

“Toshkent” Respublika Fond birjasi

aksiyadorlik jamiyati

2.

“QIZILQUMSEMENT” aksiyadorlik jamiyati, Navoiy viloyati, Navoiy shahri

Sement mahsulotlari ishlab chiqarish

Sof foyda
10 161 609 ming so‘m, ishchilar soni 3 589 ta.

35,9

160 658 567

160 328 000

1

“Toshkent” Respublika Fond birjasi

aksiyadorlik jamiyati

3.

“INVESTSTROY” aksiyadorlik jamiyati, Rossiya Federatsiyasi, Vladimir shahri, Quruvchilar shoh ko‘chasi

Noturar ko‘chmas mulklarni ijaraga berish

2014-yil yakuni bo‘yicha sof foyda
789 ming ross.rubl, ishchilar soni 13 ta.

60,0

7 140

2 526 274,8

353,82

-

* Bir dona aksiyaning boshlang‘ich narxi yuzdan birgacha yaxlitlangan holda ko‘rsatilgan.

“Navoiyazot” va “Qizilqumsement” aksiyadorlik jamiyatlarining davlat aksiya paketlarini sotish “Toshkent” RFB ning blok-treyding seksiyasidan foydalanilgan holda amalga oshiriladi. “Investstroy” aksiyadorlik jamiyatining O‘zbekiston Respublikasiga tegishli aksiya paketi bo‘yicha oldi-sotdi shartnomasini tuzish va ro‘yxatdan o‘tkazish Rossiya Federatsiyasining qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risidagi qonunchiligida ko‘zda tutilgan tartibga asosan amalga oshiriladi.

Investorlarning Davlat raqobat qo‘mitasiga va “Toshkent” Respublika fond birjasiga “Navoiyazot” va “Qizilqumsement” aksiyadorlik jamiyatlari bo‘yicha tushgan buyurtmanomalari (takliflari) o‘rnatilgan tartibda Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotish bo‘yicha tender savdolarini o‘tkazuvchi Davlat komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. “Investstroy” aksiyadorlik jamiyatining O‘zbekiston Respublikasiga tegishli aksiya paketi bo‘yicha tanlov takliflari (buyurtmanomalari) Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan qabul qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari davlat aksiyalarini erkin muomaladagi valyuta (AQSh dollari)da sotib olishlari mumkin.

“Navoiyazot” va “Qizilqumsement” aksiyadorlik jamiyatlarining davlat aksiyalarini sotib olish uchun xaridor (xaridorning vositachisi) birja savdolari boshlanishidan kamida o‘ttiz daqiqa oldin xaridor (xaridorning vositachisi) sotib olish niyatida bo‘lgan davlat aksiyalari boshlang‘ich narxining kamida 15 foizi miqdorida erkin muomaladagi valyuta (AQSh dollari)da “Toshkent” RFB AJning Hisob-kitob kliring palatasidagi quyidagi:

Bank kodi: 00407, MAIN OPERATIONAL BRANCH OF NBU OF UZBEKISTAN, TASHKENT SWIFT CODE: NBFA UZ 2X, 20208840600598771014 (AQSh dollarida) hisob-raqamiga zakalat to‘lashi lozim.

Zakalat talabgorning vositachisi ko‘rsatilmasdan to‘langan taqdirda, sotuvchiga yoki “Toshkent” RFBning Hisob kliring palatasiga shartnoma-topshiriqnomaning nusxasi taqdim etiladi.

Savdo g‘olibiga zakalat summasi sotib olingan davlat aksiyalari uchun sotib olish to‘lovlari hisobiga o‘tkaziladi.

“Navoiyazot” va “Qizilqumsement” aksiyadorlik jamiyatlari davlat aksiya paketlarini sotib olish bo‘yicha tanlovda qatnashish uchun talabgor yoki uning vakili Sotuvchi – Davlat raqobat qo‘mitasiga yoki savdo tashkilotchisi - “Toshkent” RFB AJga, “Investstroy” aksiyadorlik jamiyatining O‘zbekistonga tegishli aksiya paketini sotib olish bo‘yicha esa Davlat raqobat qo‘mitasiga buyurtmanoma taqdim etishi lozim.

Shu bilan birga, chopar yoki pochta orqali ochiq tanlov to‘g‘risidagi xabarnomada belgilangan muddatlarda quyidagi hujjatlar ilova qilingan tanlovda qatnashish uchun buyurtmanomani ikki nusxada Sotuvchi-Davlat raqobat qo‘mitasiga taqdim etadi:

- nodavlat yuridik shaxslar uchun - davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan vakolatli vakilning tanlovda qatnashishi uchun ishonchnoma, uning shaxsini tasdiqlaydigan hujjat nusxasini ilova qilgan holda;

- jismoniy shaxslar uchun - pasportning nusxasi, tanlovda vakolatli vakil qatnashgan taqdirda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma, uning shaxsini tasdiqlaydigan hujjat nusxasini ilova qilgan holda;

- ochiq tanlov to‘g‘risidagi xabarnomada ko‘rsatilgan bank hisobvarag‘iga zakalat to‘langanligini tasdiqlaydigan to‘lov hujjatining nusxasi;

- tanlov hujjatlariga muvofiq tuzilgan va quyidagilarni o‘z ichiga oladigan ikki nusxadagi bekitilgan konvertlarga solingan tanlov takliflari:

- sotib olish to‘lovlarining taklif etilayotgan summasi va ularni to‘lash muddati;

- investitsiyaviy majburiyatlarning taklif etilayotgan summasi, ularni kiritish shakli, muddati va shartlari;

- talabgorning moliyaviy mustaqilligini va (yoki) tegishli tarmoqqa oldin amalga oshirilgan investitsiya loyihalarini tasdiqlaydigan hujjatlar kiritilishi mumkin.

Ustav fondining 35 foizi va undan ko‘prog‘ini tashkil etuvchi davlat aksiyalarini sotib olishda talabgor yoki uning vakolatli vakili qonun hujjatlarida belgilangan hollarda Davlat raqobat qo‘mitasining yoki hududiy organning mazkur aksiyadorlik jamiyatining davlat aksiyalarini sotib olishga roziligini oldindan yoxud buyurtmanomalarni ochish vaqtida taqdim etadi.

Taqdim etilgan hujjatlarning barcha sahifalari talabgorning muhri va imzosi bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim.

Konvertlarni ochishning belgilangan sanasiga qadar talabgor yozma bildirishnoma berish orqali o‘zining buyurtmanomasini qaytarib olish huquqiga ega. Ushbu holatda talabgordan tushgan zakalat tushgan bildirishnoma ro‘yxatga olingan kundan boshlab besh bank kunidan kech bo‘lmagan muddatda to‘langan valyutada qaytariladi.

Savdo tashkilotchisi va Sotuvchi tomonidan tanlovda qatnashish uchun buyurtmanomalarni qabul qilish 2016-yil 16-martdan boshlanadi va xabarnomada ko‘rsatilgan konvertlarni ochishning har bir sanasidan uch soat oldin tamom bo‘ladi.

Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotish bo‘yicha tender savdolarini o‘tkazuvchi Davlat komissiyasining qarori tasdiqlangandan keyin Sotuvchi 20 (yigirma) kundan ortiq bo‘lmagan muddatda savdo g‘olibi bilan o‘rnatilgan tartibda oldi-sotdi shartnomasini tuzadi.

Talabgor davlat aksiyalarining sotuvchisi va emitentdan davlat aksiyalarini sotib olish uchun o‘zi qaror qabul qilishi uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha axborotni so‘rash va olishga haqlidir, o‘zining xususiyatiga ko‘ra xizmat yoki tijorat siri hisoblangan axborot bundan mustasno.

Tanlovlar ikki oy davomida o‘n ish kunida bir marta davriylik bilan o‘tkaziladi.

Tanlov takliflari bildirilgan konvertlarning birinchi nusxalari 2016-yil 15-aprel kuni soat 15:00 da O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi binosining 3-qavati 301-xonasida ochiladi.

Shu kuni, talabgorlardan davlat aksiyalarini sotib olish bo‘yicha buyurtmanomalar tushmagan taqdirda, keyingi belgilangan tanlov savdolariga tushgan tanlov takliflari bildirilgan konvertlarning birinchi nusxalari 2016-yil 29-aprel, 16-may, 30-may, 13 iyun, 27-iyun kunlari soat 15:00 da O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi binosining 3-qavati, 301-xonasida ochiladi.

Savdolarga marhamat qiling!!!

Sotuvchi: O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi. Manzil: Toshkent shahri, O‘zbekiston shoh ko‘chasi, 55-uy. Tel: (99871) 259-21-38, 259-21-14, 259-20-29. veb-saytlar: www.gkk.uz, www.gki.torg.uz, Elektron pochta manzili: privatization@gki.uz

Qo‘shimcha ma’lumotlar olish uchun quyidagi manzillarga murojaat etilishi mumkin:

“Toshkent” Respublika Fond Birjasi, Toshkent shahar, Buxoro ko‘chasi 10-uy. Tel: (998 71) 236-07-40, (998 71) 233-32-31. Veb-sayt: www.uzse.uz, elektron pochta manzili: info@uzse.uz

“MULK-SARMOYA BROKERLIK UYI” AJ, Toshkent shahar, Buxoro ko‘chasi 10-uy. Tel: (99871) 232-10-45, 232-10-46. Veb-sayt: www.ndvakt.uz, elektron pochta manzili: xursan@ndvakt.uz

Hurmatli tadbirkorlar va ishbilarmonlar! Tanlov jaryonida qonun bilan qo‘riqlanadigan huquqlaringiz buzilgan taqdirda Davlat raqobat qo‘mitasining (0371) 259-21-37 raqamli Ishonch telefoniga zudlik bilan xabar berishingiz so‘raladi!



Muallif: O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi
Marta o`qilgan: 11894