×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
11:50:49 (GMT +5), dushanba, 25 Маy 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


10 - fevral 2016

Alisher Navoiy: Ajab saodat erur chiqsa yaxshilik bila ot

Mamlakatimizda Alisher Navoiy tavallud topgan kunni bayram sifatida nishonlash yaxshi an’anaga aylangan. Bu yil ulug‘ shoirning 575-yilligi keng nishonlanmoqda.

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida 9-fevral kuni ulug‘ bobokalonimiz tavalludining 575-yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, turli vazirlik va idoralar, ijodiy uyushmalar va jamoat tashkilotlari vakillari, navoiyshunos olimlar, adib va shoirlar, ma’naviyat targ‘ibotchilari, mahalla faollari, yoshlar ishtirok etdi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi M.Ahmedov, Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondi va ilmiy ekspeditsiyasi rahbari Z.Mashrabov, Fransiyaning mamlakatimizdagi elchixonasi vakili M.Galland, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist O.Galaxov va boshqalar Prezident Islom Karimov rahnamoligida allomalarimizning bebaho ilmiy, badiiy, ma’rifiy merosini o‘rganish, yoshlarni barkamol, vatanparvar, fidoyi insonlar etib tarbiyalashda keng foydalanish borasida ulkan ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

Alisher Navoiy merosi – betakrorligi, tarbiyaviy ahamiyati, insoniyligi, ibratli jihati bilan butun insoniyat uchun qadrli. Mustaqillik sharofati bilan buyuk mutafakkir ijodini chuqur o‘rganish, asarlarida tarannum etilgan ezgu g‘oyalarning ahamiyatini targ‘ib etishga katta e’tibor qaratilmoqda.

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi til va adabiyot instituti tomonidan ulug‘ shoirning 20 jildlik «Mukammal asarlar to‘plami» hamda 10 jildlik jamlanmalari kirill va lotin alifbolarida nashr etilgani adabiyot muxlislari uchun bebaho tuhfa bo‘ldi. Shoir hayoti, ijodining barcha qirralari qamrab olingan ilmiy asarlar, risola va monografiyalar nashr etilib, ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.

Alisher Navoiy ulug‘lagan inson kamoloti, yurt obodligi, yaratuvchanlik va bunyodkorlik, tinchlik va osoyishtalikni, xalqlar, turli millatlar o‘rtasidagi hamjihatlikni asrashga oid ezgu g‘oyalar yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar samaralarida o‘z ifodasini topmoqda. Bobokalonimiz asarlari jahon miqyosida o‘rganilib, turli tillarga tarjima etilmoqda.

O‘zbekiston xalq shoiri S.Sayyid buyuk bobomizga bag‘ishlangan «...Navoiy so‘zidin bir g‘azal» nomli yangi she’rini o‘qib berdi.

Yurtimizda tahsil olayotgan xorijlik talabalar, mumtoz o‘zbek adabiyoti bo‘yicha izlanayotgan chet ellik tadqiqotchilar Alisher Navoiy ruboiylaridan namunalarni o‘zbek tilida o‘qidi. O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artistlar Elmurod Ahmedov va Furqat Ashuraliyev ijrosida ulug‘ bobomiz g‘azali asosidagi qo‘shiqlar yangradi. Shoir haykali poyiga gullar qo‘yildi.

Tantanali tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi X.Sultonov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.Hodiyev qatnashdi.

* * *

Shu kuni poytaxtimizdagi Shoirlar xiyobonida ham ulug‘ mutafakkir tavalludiga bag‘ishlangan ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari S.Sayyid, navoiyshunos olim, akademik A.Qayumov, O‘zbekiston xalq shoiri M.Toyir va boshqalar Navoiy ijodining umrboqiyligi, jozibasi, ilmiy, tarbiyaviy ahamiyati haqida so‘zladi.

Alisher Navoiy asarlaridan namunalar o‘qildi. Navoiy g‘azallari bilan aytiluvchi qo‘shiqlar mushoiraga yanada ko‘tarinkilik bag‘ishladi.

Bunday tadbirlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarda o‘tkazilmoqda.



Muallif: O‘zA
Marta o`qilgan: 8788