×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
05:21:55 (GMT +5), seshanba, 26 Маy 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


8 - fevral 2016

Alisher Navoiy: Umumbashariy meros

Alisher Navoiy asarlarida tarannum etilgan ezgu g‘oyalar barcha xalqlar uchun ahamiyatlidir.

Buyuk shoir ijodiy merosi butun dunyoda katta qiziqish bilan o‘rganilmoqda. Navoiyning rus tilidagi devoni, ingliz, nemis, fransuz, ispan, italyan, xitoy, yapon va boshqa tillarda chop etilgan asarlari mutafakkir merosiga e’tibor yuksak ekanidan dalolatdir.

XVI – XVII asrlarda Navoiy asarlari Yevropada keng tarqala boshlagan. Ular orasida eng ko‘p tarjima qilingani “Majolis un-nafois”dir. “Farhod va Shirin”, “Muhokamat ul-lug‘atayn”, “Mahbub ul-qulub” asarlari o‘rta asrlardayoq nemis tiliga, u orqali boshqa tillarga o‘girilgan.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, buyuk ajdodlarimiz merosini o‘rganish va jahon tillariga tarjima qilishga keng imkoniyatlar yaratildi. 2000-yilda Navoiy asarlaridan namunalar asosida “Ummondan durlar. G‘azallar, hikmatlar va ruboiylardan namunalar” nomli kitob ingliz va nemis tillarida chop etildi. Y.Parda, L.Kmetyuk va K.Ma’murov tarjimasida tuzilgan ushbu jamlanma ulug‘ mutafakkir merosini dunyo o‘quvchilariga yetkazishda muhim qadamlardan bo‘ldi.

2009-yilda Germaniyaning Frayye universiteti simpoziumida o‘qilgan ma’ruzalar asosida tayyorlangan “Mir Alisir Nawai” nomli to‘plamga to‘qqizta maqola kiritilgan. Z.Klaynmixel uch yuz sahifali maqolasida mutafakkir ijodi, hayoti, g‘azal yozish qonuniyatlari, sharqona g‘azal ohangi, asarlaridagi tarbiyaviy jihatlarni yettita faslga bo‘lib tahlil qilgan.

Polshada buyuk mutafakkirning g‘azallaridan bir turkumi o‘zbek va polyak tillarida alohida nashr etilgan. Taniqli tarjimon Yanuj Kjijovskiy tomonidan tayyorlangan ushbu to‘plamning ilk nusxasi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga taqdim etilgan. Ushbu kitob Polsha Milliy kutubxonasi katalogidan o‘rin egallagani quvonarli.

Navoiyning «G‘aroyib us-sig‘ar» asari qo‘lyozmasining elektron shakli 2013-yilda Britaniya kutubxonasi tomonidan Milliy kutubxonamizga berilgan. Shoirning «Xazoyin ul-maoniy» devoni tarkibiga kiruvchi ushbu asar yuksak tafakkur hamda beg‘ubor tuyg‘ularning go‘zal badiiy talqinidir. Ushbu qo‘lyozma kitobot va miniatyura san’atining noyob namunasi hamdir.

Alisher Navoiy asarlari fransuz tiliga ham keng tarjima qilinmoqda. Shoir g‘azallari Fransiyaning “Orphee La Difference” nashriyoti tomonidan chop etildi. “Gazels et autres poems” nomli ushbu kitobda Alisher Navoiy hayoti va ijodi haqida qisqacha ma’lumot hamda asarlari bibliografiyasi keltirilgan. Shuningdek, g‘azal, ruboiy, qit’a, chiston, muxammas, fard kabi adabiy janrlarning ta’rifi va ularga arab va fransuz tillarida namunalar berilgan. Navoiyning fransuz tiliga tarjima qilingan asarlaridan tuzilgan yana bir kitob “Gazels” bo‘lib, Murodxon Ergashev va Jan Jak Gate tomonidan “Editions Georama” nashriyotida chop etilgan.

Yaqinda Fransiya Milliy kutubxonasi tomonidan O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga Alisher Navoiyning fransuz tilidagi kitoblari taqdim etilgani buyuk bobokalonimiz tavalludining 575-yilligiga tuhfa bo‘ldi.

Navoiy merosini qancha o‘rgansa ham adog‘iga yetib bo‘lmaydi. Bu ulkan ma’naviy boylikni jahon bo‘ylab keng yoyishda tarjimaning o‘rni katta.

Navoiy asarlari teran falsafiy fikrlar, go‘zal tashbehlar jamlanmasi. Ularning mohiyatini teran tushungan, asliyatdan yiroqlashmagan holda tadqiq va tarjima qilish nihoyatda muhim.



Muallif: O‘zA
Marta o`qilgan: 10346