O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
25 - yanvar 2016

Suv va ekologoya bo‘yicha uchrashuvga doir

2016-yilning 23-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida tegishli vazirlik va idoralar vakillari ishtirokidagi ekspertlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida suv-ekologiya sohasi va iqlim o‘zgarishiga oid dolzarb masalalar muhokama qilindi hamda o‘tgan yil yakunlari sarhisob qilinib, 2016-yil rejalari belgilandi.

Vazirlik va idoralarga O‘zbekiston Respublikasi vakillarining quyidagi tadbirlardagi ishtiroki yakunlari to‘g‘risidagi ma’lumot taqdim etildi:

- “YXHT mintaqasida suv resurslarini boshqarish – hamkorlik orqali xavfsizlik va barqarorlikni oshirish” mavzusiga bag‘ishlangan YXHTning 23-iqtisodiy va ekologik forumiga ilk tayyorlov uchrashuvi (2015-yil 26-27-yanvar, Vena shahri);

- “Suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanish hamda atrof muhitni himoya qilishning muhim jihatlari” xalqaro suv forumi (2015-yil 2-5-aprel, Ashxobod shahri);

- “Biz istagan kelajak” mavzusiga bag‘ishlangan yettinchi Xalqaro suv forumi (2015-yil 12-17-aprel, Degu va Gyongbuk shaharlari);

- “YXHT mintaqasida suv resurslarini boshqarish – hamkorlik orqali xavfsizlik va barqarorlikni oshirish” mavzusiga bag‘ishlangan YXHTning 23-iqtisodiy va ekologik forumiga ikkinchi tayyorlov uchrashuvi (2015-yil 11-13-may, Belgrad shahri);

- “YXHT hududida suv resurslarini boshqarish: hamkorlik orqali xavfsizlik va barqarorlikni oshirish” mavzusiga bag‘ishlangan YXHTning 23-iqtisodiy va ekologik forumining yakuniy uchrashuvi (2015-yil 14-16-sentabr, Praga shahri);

- “Markaziy Osiyoda suv va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari”ga bag‘ishlangan vazirlar konferensiyasi (2015-yil 7-8-sentabr, Berlin shahri);

- Atrof muhit va suv resurslari bo‘yicha yuqori darajadagi “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” beshinchi konferensiyasi (2015-yil 12-13-oktabr, Milan shahri)

Uchrashuv ishtirokchilari O‘zbekistonning xorij mamlakatlari, jumladan Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorligi istiqbollari, shuningdek, respublikaning mazkur sohadagi xalqaro tashkilotlar bilan aloqalari, suv-ekologiya va iqlim o‘zgarishi bo‘yicha O‘zbekiston manfaatlarini ilgari surish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.



Marta o`qilgan: 11263