×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
22:28:57 (GMT +5), dushanba, 24 - iyun 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


5 - noyabr 2015

Nuroniylar — kompyuter bilimdoni

Keyingi yillarda mamlakatimizda aholi barcha qatlamining kompyuterda ishlash bo‘yicha savodxonligini oshirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Ayni kunlarda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida keksa yoshdagi foydalanuvchilar uchun tashkil etilgan “Kompyuter savodxonligi va internetdan foydalanish” ijtimoiy loyihasi asosidagi o‘quv mashg‘ulotlari ham bunga yorqin misol bo‘la oladi.

“Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalar asosida amalga oshirilayotgan mazkur tadbirga mamlakatimizning turli hududlaridan bir guruh nuroniylar jalb qilingan.

— Keksalarimiz zamonaviy axborot texnologiyalari sirini puxta o‘zlashtirishayapti, — deydi kutubxona mutaxassisi Gulnora Nazarmuhamedova. — Jumladan, o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etayotganlarning barchasi Microsoft Word, Microsoft Excel dasturlarida ishlash ko‘nikmalarini egalladilar. Shu bilan birga, internetda o‘z shaxsiy kabinetlariga ega bo‘lib, masofadan turib O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ma’lumotlar bazasidagi resurslarni qidirish va ularga on-layn buyurtma berishni o‘rganib oldilar.

— Mamlakatimizda biz, keksalar har tomonlama qo‘llab-quvvatlanib, alohida hurmat va ehtirom ko‘rsatib kelinayapti, — deydi poytaxtimizning Rakat mahallasida istiqomat qiluvchi 67 yoshli Tamara Rizomuhamedova. — Albatta, buning uchun davlatimiz rahbaridan juda ham minnatdormiz.

Milliy kutubxonada keksalar uchun kompyuter savodxonligi hamda internetda ishlash bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilayotganligini eshitib, xursand bo‘ldik. Darslarda qatnashib, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining naqadar jozibador ekanligini angladik.

Qayd etish lozimki, bu kabi mashg‘ulotlarni o‘tayotgan otaxon va onaxonlar respublikamizning qator davlat idoralari hamda organlari rasmiy saytlarida e’lon qilib borilayotgan yangiliklardan boxabar bo‘lish, mutasaddi idoralarga on-layn tarzda murojaat etish imkoniyatlarini o‘zlashtirishmoqda.



Muallif: "Xalq so'zi" gazetasi
Marta o`qilgan: 9924