×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
20:37:47 (GMT +5), yakshanba, 25 - avgust 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


19 - noyabr 2015

Transchegaraviy suv oqimlarini va xalqaro ko‘llarni himoya qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi Konvensiya tomonlari yig‘ilishiga doir

2015-yilning 17-20-noyabr kunlari Budapesht shahrida 1992-yilda qabul qilingan Transchegaraviy suv oqimlarini va xalqaro ko‘llarni himoya qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi Konvensiya tomonlarining 7-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi ishtirok etdi.

Yig‘ilish chog‘ida Konvensiya doirasida transchegaraviy hamkorlik istiqbollari, uning Barqaror taraqqiyot maqsadlariga erishishdagi ahamiyati, shuningdek, 2030-yilgacha mo‘ljallangan boshqa global tashabbuslarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Tadbirda 74 davlat hamda Yevropa Ittifoqi Komissiyasi, BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi, Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti, Taraqqiyot dasturi, Atrof-muhit bo‘yicha dasturi, Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi, shuningdek, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Global suv hamkorligi, Davlatlararo muvofiqlashtiruvchi suv xo‘jaligi kommissiyasi Ilmiy tadqiqot markazi, Markaziy Osiyo Mintaqaviy ekologik markazi, suv havzasi tashkilotlari, nohukumat tashkilotlari hamda ilmiy doiralar vakillari ishtirok etdilar.

Tadbir chog‘ida Konvensiyani amalga oshirish qo‘mitasiga saylov o‘tkazildi. Muhim tizim hisoblangan mazkur Konvensiya kotibiyati qo‘mitasi a’zoligiga ilk bor O‘zbekiston vakili saylandi.

Mamlakatimizning ushbu qo‘mitadagi faoliyati Markaziy Osiyoda suv resurslaridan oqilona va adolatli foydalanish bo‘yicha O‘zbekistonning prinsipial qarashlarini inobatga olgan holda BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi bilan xalqaro huquqiy mexanizmlar doirasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkonini beradi.



Marta o`qilgan: 11299