O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
16 - noyabr 2015

O‘zbekiston delegatsiyasining Budapesht shahrida bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishda ishtirokiga doir

2015-yilning 17-20-noyabr kunlari Budapesht shahrida O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi 1992-yilda qabul qilingan “Transchegaraviy suv oqimlarini va xalqaro ko‘llarni himoya qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi Konvensiya tomonlari Yig‘ilishining 7-sessiyasida ishtirok etadi. Tadbir tashkilotchilari BMTning Yevropa iqtisodiyot komissiyasi (YIK) va Vengriya hukumati hisoblanadi.

Yig‘ilishda yuqorida ko‘rsatilgan Konvensiyaning ijrosi holati va ushbu yo‘nalishdagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinishi rejalashtirilmoqda.



Marta o`qilgan: 12950