O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi haqida

Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasiga (qisqacha nomlanishi - Oʻzbekiston XDP) 1991-yil 1-noyabrdagi partiyaning Ta'sis qurultoyida asos solindi.

2013-yil 1-yanvardagi holatiga ko'ra, partiya 378 ming 227 nafar a'zoni birlashtiradi. Partiya a'zolarini bevosita birlashtiradigan 10150 ta boshlang'ich tashkilot faoliyat ko'rsatadi.

Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Oʻzbekiston Respublikasinining ijtimoiy qollab-quvvatlashga va himoyaga muhtoj fuqarolarining manfaatlarini ifodalaydi va himoya qiladi. Eng avvalo, bular iqtisodiyotda band bo’lmagan mehnatga layoqatli aholi, ijtimoiy qollab-quvvatlashga ehtiyoj sezadigan va ishga joylashishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan odamlardir. Bular - pedagoglar, vrachlar, boshqa ijtimoiy sohalarning xodimlari va mutaxassislari, kam ta'minlangan va ko'p bolali oilalar, pensionerlar hamda, imkoniyatlari cheklangan kishilar.

Oʻzbekiston XDP davlat tomonidan ushbu toifa kishilarining manfaatlarini ko'zlab izchil siyosat olib borilishiga harakat qiladi, ularni o'zining elektorati deb hisoblaydi va saylov kampaniyalarida ularning qo’lab-quvvatlashiga umid bog'laydi.

Partiya o'zining ommaviy axborot vositalariga ega. Uning markaziy nashrlari:

o'zbek tilida chop etiladigan "O’bekiston ovozi" gazetasi;

rus tilida chop etiladigan "Golos Uzbekistana" haftaligi.

Partiyaning Internet tarmog'idagi veb-sayti: http://www.xdp.uz/