×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
02:06:56 (GMT +5), shanba, 19 - oktabr 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


11 - dekabr 2014

Dunyodagi eng ulug‘, eng savobli ish

Ma’naviy hayotning chirog‘i ota va ona, uning tegrasida aylanib, o‘zini, ona tilini, Vatanini anglab voyaga yetayotgan farzandlar asl gavhar, ertangi kunimizning sohibi davronlari.

Aslida Istiqlolga erishgan kundan boshlab ezgulik, yaxshilik, mehr-oqibat, ahillik, totuvlikni umrimizning mazmuni deb bildik. Zero, har yilimiz — xoh u “Oila” yoki “Ayollar” yili bo‘ladimi, “Sog‘lom avlod”, “Sog‘lom bola” yili deb ataladimi — bularning barida Ezgulikning buyuk mazmuni mujassam.

Binobarin, bizning maqsadlarimiz olijanob. Amalga oshirgan tadbirlarimiz turmushimizni ma’mur va farovon qilish, yurtimizni obod etish, obro‘-e’tiborini yuksaltirish, eng muhimi, inson manfaatlarini ulug‘lash, uning qadr-qimmati va hurmatini joyiga qo‘yish.

Shu ma’noda, har bir yilimiz inson uchun, uning baxtu saodati uchun xizmat qildi, desak, aslo mubolag‘a emas.

Prezidentimiz tomonidan 2015-yil — Keksalarni e’zozlash yili deb e’lon qilindi.

Demak, ezgulik yanada ulug‘vor darajaga ko‘tariladi. Zotan, keksalarimiz xonadonlarimiz ko‘rki, uning obro‘si, avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan qadriyatlarimizu an’analarimiz, bebaho merosimizning donishmand egalaridir. Ularning har bir so‘zi hikmat, bosib o‘tgan yo‘li — saboq.

Shuning bilan birga, mo‘‘tabar qariyalarimizning Vatanimiz taraqqiyotida munosib hissasi bor. Har bir shaharu qishlog‘imizda ularning mehnati, fidoyiligi, bebaho duolari qudrati — mahobatli maktablarda, zamonaviy inshootlarda, ko‘rkam bog‘u rog‘larda, farzandlarimizning shirin kulgisida namoyon bo‘lib turibdi.

“Keksalar hurmatda, yoshlar izzatda”, deydi xalqimiz. Bu so‘zlarning tub mohiyatiga nazar tashlasangiz, millatimizdagi bag‘rikenglik, saxovat, abadiyatga daxldor vorisiy mehrni ko‘rasiz. Aytish joizki, davlatimiz rahbari rahnamoligida birgina yakuniga yetayotgan yilda keksalarga va yoshlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor, qo‘llab-quvvatlash, rag‘bat hamda keng imkoniyatlar nihoyatda ulkan miqyos kasb etdi.

Xususan, joriy yilning o‘zida davlat budjeti hisobidan 11 trillion 618 milliard so‘mdan ortiq pensiya, 105 milliard so‘mdan ziyod nafaqalar berildi. Ayni chog‘da nodavlat tashkilotlar va ijtimoiy tuzilmalar tomonidan ularga katta g‘amxo‘rliklar ko‘rsatib kelinayapti. Davlatimiz rahbarining 2014-yil 13-oktyabrdagi “1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ushbu yo‘nalishdagi ishlarni yana bir pog‘ona ko‘tarishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Mazkur hujjatga asosan, keksalarimizning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish, xususan, yilda bir marta o‘zlari uchun qulay vaqtda sanatoriy-sog‘lomlashtirish muassasalarida davlat hisobidan davolanishlari ko‘zda tutilgan.

— Inson manfaatlari ustuvor bo‘lgan mamlakat fuqarosi ekanligimdan faxrlanaman, — deydi Shayxontohur tumanidagi Shofayzi mahallasida yashovchi Rixsivoy Meliyev. — Negaki, pensiyamiz har yili oshgani oshgan, sanatoriylarda dam olamiz, sog‘lig‘imizdan malakali shifokorlar xabardor. 2015-yilning Keksalarni e’zozlash yili deb nomlanishi kuchimizga kuch, g‘ayratimizga g‘ayrat qo‘shdi. Juda ham mamnunmiz. Dorilamon kunlarni ko‘rayotganimga, tinch, osoyishta va obodlik hukm surayotgan muazzam, kelajagi nihoyatda go‘zal Vatanda yashayotganimga shukronalar aytaman.

Bu so‘zlar yurakdan, sof qalbdan oqqan shukronadir. Aynan poklik — qariyalarimizga xos xislat. Ularning yaxshi niyatlari, ertangi kunga bo‘lgan katta umid bilan yashayotganliklari bejiz emas. Chunki ertangi kun yanada ajoyib, yanada a’lo, yanada baxtu shodliklarga limmo-lim bo‘lajak.



Muallif: "Xalq so'zi" gazetasi
Marta o`qilgan: 19200