×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

+998 71-233-80-98


Elektron-pochta: info@mfa.uz


Konsullik-huquqiy departanmenti

+998 71-236-27-07 (viza masalalari)

+998 71-233-36-03, +998 71-233-67-23 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

+998 71-236-37-54 (pasport bo‘limi)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
20:34:07 (GMT +5), chorshanba, 8 - iyul 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


5 - dekabr 2014

Ozod va farovon hayotimizning huquqiy asosi

“O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida 5-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning yigirma ikki yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda davlat va jamoat arboblari, fan, madaniyat va san’at namoyandalari, poytaxt jamoatchiligi, mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy davlatlarning elchixonalari va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari vakillari ishtirok etdi.

Yig‘ilishni Toshkent shahar hokimi R.Usmonov ochdi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tantanali yig‘ilishda ma’ruza qildi.

Davlatimiz rahbari Konstitutsiyamizning asosiy qoidalari, tamoyil va maqsadlari mamlakatimizda yaratilgan va samarali faoliyat ko‘rsatayotgan mukammal qonunchilik va huquqiy bazaning, butun dunyoda “o‘zbek modeli” deb nom qozongan jamiyatimizni isloh etish, demokratlashtirish va erkinlashtirish, tarkibiy tub o‘zgarishlar va mamlakatimizni modernizatsiya qilish bo‘yicha puxta o‘ylangan uzoq muddatli dasturning asosini tashkil etishini alohida ta’kidladi.

Bundan 22-yil avval demokratik tamoyillar asosida qabul qilingan Asosiy qonunimiz mamlakatimizda yangi jamiyatning huquqiy kafolatlarini shakllantirdi va mustahkamladi.

Mamlakatimiz istiqlolning dastlabki yillaridanoq belgilab olgan bozor iqtisodiyotiga yo‘naltirilgan demokratik davlat qurish, inson huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta’minlash, odil fuqarolik jamiyati barpo etish kabi ulug‘vor maqsadlarga erishishda Konstitutsiyamiz huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

Xalqimiz istiqlol yillarida erishgan betimsol yutuqlar, tinch-osoyishta, to‘kin va farovon hayotimiz, navqiron avlodni har jihatdan sog‘lom va barkamol insonlar etib voyaga yetkazish – bularning barchasi negizida Konstitutsiyamiz turibdi. Zero, Asosiy qonunimiz demokratik huquqiy davlat barpo etish, inson huquqlari ustuvorligini, tinchlik-osoyishtalikni ta’minlashdek ulkan maqsadlarga erishishning muhim kafolatidir.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bayramining yana bir muhim jihati, shu kuni xalqimizning ezgu intilishlarini ifoda etadigan, jamiyatimiz rivojiga xizmat qiladigan eng ustuvor yo‘nalishlar belgilab olinadi va kelgusi yilga shunga muvofiq nom beriladi.

Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 2014-yil mamlakatimizda Sog‘lom bola yili deb e’lon qilingan edi. Bu borada ishlab chiqilgan Davlat dasturi asosida jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Yil davomida «Sog‘lom bola – avvalo, sog‘lom va ahil oilaning mevasidir» degan hayotiy hikmat asosida ulkan ishlar bajarildi. Davlatimiz rahbari ushbu dasturda belgilangan tadbirlar yurtimizning barcha hududlarini qamrab olib, sog‘lom avlodni tarbiyalashdek ezgu niyatlarimizni ro‘yobga chiqarishda davlat va nodavlat tashkilotlari, ijtimoiy tuzilmalar, ishlab chiqarish korxonalari, biznes vakillari o‘z kuch va imkoniyatlari bilan faol qatnashgani bu g‘oyaning chindan ham umumxalq harakatiga aylanganining yaqqol namoyoni bo‘lganini ta’kidladi.

Prezidentimiz Islom Karimov kirib kelayotgan yangi – 2015-yilni mamlakatimizda Keksalarni e’zozlash yili deb e’lon qilishni taklif etdi. Davlatimiz rahbarining bu taklifi yig‘ilganlar tomonidan gulduros qarsaklar bilan qo‘llab-quvvatlandi.

Tantanali marosim san’at ustalari va yosh ijrochilarning bayram konserti bilan yakunlandi.



Muallif: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati
Marta o`qilgan: 11269