×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

+998 71-233-80-98


Elektron-pochta: info@mfa.uz


Konsullik-huquqiy departanmenti

+998 71-236-27-07 (viza masalalari)

+998 71-233-36-03, +998 71-233-67-23 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

+998 71-236-37-54 (pasport bo‘limi)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
20:35:58 (GMT +5), chorshanba, 8 - iyul 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


29 - noyabr 2014

Ajdodlar merosiga ehtirom

“Fuqarolar O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrashga majburdirlar. Madaniyat yodgorliklari davlat muhofazasidadir”.
(O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 49-moddasi)

Madaniy meros jamiyat asosini, xalqimizning avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan ma’naviy qadriyatlari va an’analarini mustahkamlaydigan omil hisoblanadi. Tarixiy va madaniy yodgorliklar har bir odamga ta’sirini ko‘rsatib, o‘ziga maftun qiladi va g‘ururlantiradi. Shu bois ularni saqlash, eng avvalo, faqatgina davlatning emas, balki har bir kishining burchi, maqsadiga aylanishi kerak, deb o‘ylaymiz.

Hozirgi kunda davlat muhofazasiga olingan 7570 ta madaniy meros ob’ekti bo‘lib, shundan 2330 tasi me’morchilik, 3945 tasi arxeologik, 1138 tasi monumental yodgorliklar va 157 tasi diqqatga sazovor joylardir. Muqaddas qadamjolar hamda ziyoratgohlar, e’tiborga tushgan joylarni tiklash va ta’mirlash ishlari butun mamlakat bo‘ylab amalga oshirilmoqda. Jumladan, oxirgi paytlarda faqatgina Toshkent viloyatidagi Shamir Qori avliyo, Zarkent Ota, Shodmalik Ota, Zunnun Ota yodgorliklarida ana shunday ezgu ishlar nihoyasiga yetkazilmoqda. Bo‘stonliq tumani Bog‘iston qishlog‘idagi, Xo‘ja Ahror faxrli nomi bilan ko‘proq mashhur bo‘lgan, XV asrda yashagan Shayx Umar Vali Bog‘istoniyning bog‘i va qabrini ta’mirlash-tiklash ishlariga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Har bir viloyatdagi tarixiy yodgorliklar va muqaddas qadamjolar bo‘yicha turkum kitoblar nashrga tayyorlanayapti.

Bilasiz, YuNYeSKOning butun jahon madaniy va tabiat yodgorliklari merosi ro‘yxatiga Xivadagi ochiq osmon ostidagi muzey — Ichan qal’a, Samarqand, Buxoro, Shahrisabz shaharlarining tarixiy-madaniy, diqqatga sazovor qismlari kiritilgan.

Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining davlat siyosati yo‘nalishlaridan biri, bu — o‘tmish qa’ridan yetib kelgan boy tarixiy-madaniy merosimizni saqlash. Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillarida qabul qilingan “Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”, “Muzeylar to‘g‘risida”, “Arxeologiya merosi ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunlar asosida insoniyat sivilizatsiyasi rivojlanishida muhim o‘rin egallagan qadimgi va o‘rta asrlarda mavjud bo‘lgan shaharlar xarobalari, monumental san’at yodgorliklari, alohida aholi ziyoratgoh joylari, me’morchilik merosi yodgorliklarini saqlab qolish, ta’mirlash va o‘rganishda davlatimiz tomonidan keng miqyosdagi ishlar amalga oshirilmoqda.

Buyuk ajdodlarimiz tomonidan mahorat bilan bunyod qilingan va bugungi kungacha saqlanib kelinayotgan, ularning nomini asrlar osha abadiylashtirgan me’morchilik tarixiy majmualari — Samarqanddagi Shohi Zinda, Registon, Bibixonim, Ruhobod, Amir Temur maqbarasi, Buxorodagi Kalon masjidi va minorasi, Mir Arab madrasasi, Labi Hovuz va Bolo Hovuz majmualari hamda boshqa o‘nlab, yuzlab qadimgi, o‘rta asrlardagi me’morchilik durdonalari xalqimizning yuksak ijodkorlik imkoniyatlaridan darak beradi.

O‘tmishdagi buyuk ajdodlarimiz shon-sharafi uchun Amir Temurga Toshkent, Samarqand, Shahrisabzda, Mirzo Ulug‘bekka Toshkentda, Ahmad al-Farg‘oniyga Farg‘ona va Quvada, Alisher Navoiyga Toshkent, Navoiyda, Alpomishga Termizda, Jaloliddin Manguberdi hamda “Avesto” kitobiga Urganchda va milliy tarixiy hamda madaniy merosimizga katta hissa qo‘shgan ko‘plab tarixiy shaxslarga yodgorliklar o‘rnatildi.

Bularning barchasi bizni hamisha g‘ururlanib yashashga undaydi. Demak, tarixiy, ma’naviy va madaniy merosni saqlash mamlakatimizda yashayotgan har bir kishining burchidir.



Muallif: "Xalq so'zi" gazetasi
Marta o`qilgan: 33719