×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
13:12:05 (GMT +5), yakshanba, 29 - mart 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


21 - noyabr 2014

Inson huquqlarining mustahkam kafolati

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi tomonidan Oliy sud, Oliy xo‘jalik sudi va Bosh prokuratura bilan hamkorlikda Asosiy Qonunimiz qabul qilinganining 22 yilligiga bag‘ishlab “Konstitutsiya hamda inson huquqlarini himoya qilishda sud va prokuratura organlari roli va mas’uliyatining yanada oshirilishi” mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Unda parlament a’zolari, sud va prokuratura organlari, vazirlik hamda idoralar, inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar, nodavlat notijorat tashkilotlari, ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etdi.

Konferensiyada so‘zga chiqqanlar Prezidentimiz rahbarligida ishlab chiqilgan Konstitutsiyamiz o‘tgan davrda yurtimizda inson huquq va erkinliklarining himoya qilinishini, tinchlik-xotirjamlikni, siyosiy barqarorlikni, ijtimoiy totuvlikni, iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlab kelayotganini ta’kidladilar.

Darhaqiqat, Asosiy Qonunimizda u davlat va xalq irodasini ifoda etishi, uning manfaatlariga xizmat qilishi, davlat hokimiyatining birdan-bir manbai O‘zbekiston xalqi ekanligi, inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanishi belgilab berilgan. Davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipi mustahkamlab qo‘yilgan. Har qanday demokratik davlatning asosiy hal qiluvchi sharti bo‘lgan hokimiyatlar o‘rtasida o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatining samarali mexanizmi shakllantirildi.

Konstitutsiyamizdagi inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanishi prinsipining hayotga tatbiq etilishida qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi hokimiyatlar bilan bir qatorda sud hokimiyatining ham muhim o‘rni bor. Shu bois mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab, sud-huquq sohasini isloh etish va erkinlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratilib, shu bo‘yicha yangi konsepsiya amaliyotga joriy qilindi. Chunonchi, sudlar ixtisoslashtirildi, Konstitutsiyaviy sud, xo‘jalik sudlari tashkil etildi, umumiy yurisdiksiya sudlari fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha alohida sudlarga ajratildi, sudlar sud qarorlarini ijro etish kabi o‘zlariga xos bo‘lmagan vazifalardan ozod qilindi. Sud tizimi xodimlarining ijtimoiy himoyasi yanada kuchaytirildi va qator boshqa tadbirlar amalga oshirildi.

O‘z navbatida, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar hujjatlarining Konstitutsiyaga mosligiga doir ishlarni ko‘ruvchi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi ham normativ-huquqiy hujjatlarning Konstitutsiyaga muvofiqligini aniqlash, Konstitutsiya va qonun normalariga sharh berish hamda Konstitutsiya va qonunlarda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish orqali fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini himoya qilmoqda.

Umumiy yurisdiksiya sudlari tizimida insonning huquq va erkinliklarini himoya qilishni kuchaytirish, odil sudlovning samarasi va ta’sirchanligini oshirishga qaratilgan sa’y-harakatlar tizimli ravishda ro‘yobga chiqarilayotir. Masalan, jinoyat va jinoyat-protsessual qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish natijasida o‘lim jazosi bekor qilindi, qamoqqa olishga sanksiya berish vakolati sudlarga o‘tkazildi, yarashuv instituti joriy etildi. Shuningdek, juda ko‘p miqdorda davlat mulkini o‘zlashtirgan sudlanuvchi yetkazilgan zararni to‘liq qoplaganda ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoga tortilishi, jazo turi sifatida sudlanuvchining mulkini musodara qilishning qonundan chiqarilishi, uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasining kiritilishi insonparvarlik prinsipini yanada rivojlantirdi.

Anjumanda yurtimizda tadbirkorlikni keng rivojlantirish, ushbu faoliyat bilan shug‘ullanuvchi sub’ektlarning konstitutsiyaviy huquq va manfaatlarini ta’minlash borasida xo‘jalik sudlari olib borayotgan ishlar xususida to‘xtalib o‘tildi. Faoliyatni to‘xtatib turish va tugatish kabi ta’sir choralarining ma’muriy tartibda emas, balki sud tartibida amalga oshirilishining belgilanishi tadbirkorlik sub’ektlarining huquq va manfaatlarini himoya qilishda adolatni ta’minlashga qaratilgan ahamiyatga molik mexanizm bo‘ldi.

Prokuratura organlari qonun ustuvorligini ta’minlash, qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini, O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish va ularni profilaktika qilish bo‘yicha zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarishga alohida e’tibor qaratmoqda. Xususan, fuqarolarning Konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yilgan shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa huquq hamda erkinliklarining himoya qilinishi bu boradagi salmoqli ishlardandir.

Konferensiyada sud va prokuratura organlarining inson huquqlarini himoya qilish borasidagi roli va mas’uliyatini oshirish yuzasidan aniq taklif va mulohazalar bildirildi.



Muallif: "Xalq so'zi" gazetasi
Marta o`qilgan: 16721