×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
02:54:22 (GMT +5), juma, 29 Маy 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


15 - iyul 2014

Inson qadr topdi

Istiqlol bizga avvalo inson sifatida o‘z qadrimizni anglash imkonini berdi. Vatanimiz istiqlolga erishgan dastlabki yillarda Prezidentimiz Islom Karimovning “Mustaqillikning oliy maqsadi – o‘zbek xalqining izzatini joyiga qo‘yish” ekani borasidagi ta’kidi hayotimizda o‘z aksini topdi.

O‘tgan yillarda mamlakatimizda erkin demokratik davlat, inson manfaati va huquqlari har narsadan ustun turadigan fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lida tarixiy qadamlar tashlandi. “Islohotlar islohot uchun emas, avvalo, inson uchun!” tamoyili jamiyatimizning barcha sohalarini modernizatsiya qilish va yangilash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli demokratik islohotlarning bosh g‘oyasi, asosiy maqsadiga aylandi.

Chorak asr muqaddam mamlakatimizda paxta yakkahokimligining avj olishi oqibatida iqtisodiyot butunlay izdan chiqqan, ishsizlik, aholi daromadlari va turmush darajasi pasaygan, qashshoqlik, onalar va bolalar o‘limi kuchaygan, ekologik vaziyat g‘oyat zo‘riqayotgan, eng yomoni, ushbu muammolar ochiq-oydin ko‘rinib tursa-da, hayotimiz, taqdirimiz, kelajagimizga befarq munosabat hukm surayotgan davr edi.

O‘sha paytlarda uyma-uy yurib, hatto homilador ayollar paxta terishga majbur qilinardi. Emizikli farzandlari bor ayollar qanordan yasalgan belanchaklarda dalaning bir chekkasida joylashgan, hech qanday sanitariya talablariga javob bermaydigan “sayyor bog‘chalarga” joylashtirilib, erta tongdan kun botguncha chopiq qilishga, paxta yig‘im-terimi davrida uni terishga jalb etilardi. Shunisi fojiali ediki, sentabr oylarida g‘o‘zani defolyatsiya qilish maqsadida samolyot odamlar dalada bo‘lgan bir vaqtda ularning ustidan zahar separdi.

Mutaxassislarning ma’lumotlariga ko‘ra, o‘sha davrda ko‘pchilik chaqaloqlar majruh tug‘ilgan. Jumladan, mustaqillikka qadar O‘zbekistonda yiliga 35000 nafar chaqaloqning boshi me’yordan kichik bo‘lib tug‘ilgan. Afsuski, bu o‘ta achinarli holat haqida hech qayerda aytilmasdi ham, yozilmasdi ham.

To‘qson yoshni qarshilagan bobom bugun turli sohalarda muvaffaqiyatlarga erishayotgan biz, nabiralarini, osuda va ko‘rkam uylarda beg‘ubor bolalik gashtini surayotgan evaralarini ko‘rib, o‘zining mustabid tuzum davrida ko‘rgan-kechirganlariga muqoyasa qilishdan hech charchamaydi:

– Maktabda o‘qituvchilik qilar edim, – deydi bobom. – Bolalarga sifatli ta’lim berish uchun shart-sharoit yo‘q edi. Darsliklarning deyarli barchasi o‘quvchilarni mag‘zi puch, soxta mafkura ruhida tarbiyalashga yo‘naltirilgan edi. Ularda xalqimiz tarixini xolisona aks ettirish, dunyo tan olgan buyuk bobokalonlarimizni yosh avlodga tanitish, umuman, millatimizning milliy g‘ururini uyg‘otishga yo‘l qo‘yilmasdi. Achinarlisi, bizga bugungidek xalq ziyolilari deb emas, yuqori partiya tashkiloti tomonidan buyurilgan ishlarni qilishga, o‘quvchilarni ommaviy jalb etishga javobgar kishilar sifatida qaralardi. O‘quvchilar bilan birga kolxoz chorvasi uchun dag‘al xashak to‘plash, g‘o‘za va makkajo‘xori parvarishlash, kuzgi hosilni terishga majbur etilgandik. Maktab binosining devoridan xalqni “sotsialistik mehnat”ga da’vat etuvchi shiorlar, turli chaqiriqlar o‘rin olgan edi. G‘o‘za parvarishiga oid shior zudlik bilan devorga osib qo‘yilmagani uchun maktab rahbari sifatida jazoga tortilganim yodimda...

Agar oddiy bir o‘qituvchi sifatida bobom ko‘rgan, guvoh bo‘lgan “qismatlar” shuncha bo‘lsa, mamlakatimizda minglab, millionlab insonlar qanchalik ruhiy, ma’naviy aziyat chekkanini tasavvur qilish qiyin emas.

– O‘tgan asrning 60-yillari oxirlari edi, – deydi adabiyotshunos olim Shuhrat Rizayev. – Beshinchi sinfda o‘qiyman. Onam rahmatli kuz kunlarining birida ertaga maktabga bormasligimni, sahar turib Toshkentning Chilonzor tumaniga go‘shtga borishimizni aytdi. O‘sha kezlar anqoning ypyg‘i bo‘lib turgan go‘sht Chilonzordagi katta gastronomda sotilar, bir odamga faqat 2 kilogrammdan berilar ekan. Shaharning bu chekkasidagi Taxtapul mavzesidan Chilonzorga saharmardonda bordik. Tong qorong‘isida, do‘kon ochilishiga bir necha soat bor hali, ammo navbatda yuzlarcha odam. Bizga o‘xshab shaharning turli yerlaridan bola-chaqasi bilan ikki-uch norma go‘sht olaman deb kelgan mardum. Janjal-to‘polon, ne-ne asabbuzarlik bilan shomga yaqin tarashadek muz qotgan mol go‘shtidan ikki kilodan to‘rt kilo oldik. Onam sho‘rlik xo‘rligi kelib, yig‘lab yubordi. “Mana shu tayoqdek go‘shtning qadri bor-u insonning zarracha qadri yo‘g‘-a?” derdi nuqul. Keyinchalik bot-bot bu so‘zlarning mag‘zini chaqishga to‘g‘ri keldi. Endi shularni eslasam, bugungi farovonlik, to‘kinchilikning nima ekanini anglab, shukrona aytaman...

Bu kabi dardli fikrlarni eshitib, istiqlol tufayli o‘z taqdirimizni o‘zimiz belgilashdek buyuk baxtga erishganimizdan quvonchga to‘lamiz. Mamlakatimizda olib borilayotgan inson sha’ni, qadr-qimmati aziz ko‘rilgan, insonparvar siyosat aynan bizga, kelajagimizga daxldor ekanidan g‘ururlanamiz.

Farovonlik – bosh me’zon

Mustaqillik yillarida islohotlarning asosiy qismi iqtisodiy farovonlikka erishish, jamiyat hayotini yangilash va erkinlashtirish, xalqimiz dasturxonining to‘kin-sochinligini ta’minlashga qaratildi. Zero, shu paytgacha erishgan barcha yutuqlarimizning asosi bo‘lgan, istiqlolning dastlabki yillarida davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan va uning istiqbolli ekanini bugun hayotning o‘zi isbotlagan islohotlarning “o‘zbek modeli”da iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi asosiy tamoyillardan biridir.

Istiqlol sharofati bilan hayotimizga bosqichma-bosqich, izchillik bilan tatbiq etilgan mazkur tamoyil bugun turmushimiz farovonligining, dasturxonlarimiz to‘kin-sochinligining bosh omiliga aylandi.

Mustaqillikning dastlabki yillarida “Bozor iqtisodiyoti hamma narsani o‘zi joyiga qo‘yadi” degan yengil-elpi qarashlarni yoymoqchi bo‘lganlar, “shok terapiyasi” degan usul bilan bir sakrab bozor iqtisodiyotiga o‘tishga undaganlar ko‘p bo‘ldi. Ammo Prezidentimiz o‘sha mas’uliyatli paytlarda keskin ijtimoiy larzalarga olib keladigan har qanday inqilobiy harakatlarga qarshi turdi, tadrijiy rivojlanish tamoyillariga asoslangan o‘z tanlagan yo‘lidan, mustahkam pozitsiyasidan chekinmadi. Yurtimizdagi bugungi tinch va osoyishta, bunyodkor hayot, barqaror taraqqiyot bunday yondashuvning naqadar to‘g‘ri bo‘lganini va uzoqni ko‘zlab amalga oshirilganini yaqqol tasdiqlamoqda.

Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2014-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan majlisidagi ma’ruzasida yurtimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy siyosatning aholi hayot darajasi va sifatini yuksaltirishdagi ta’siri va natijalari xususida to‘xtalar ekan, o‘tgan yilning o‘zida xalqimizning real daromadlari 16 foizga oshgani, o‘rtacha oylik ish haqi, pensiya, ijtimoiy nafaqa va stipendiyalar 20,8 foizga ko‘payganini ta’kidladi.

Bugun oilalar byudjeti ilgarigidek faqat qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish va uni sotish bilan emas, kasanachilik, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, maishiy xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish va ishbilarmonlikning boshqa turlari orqali keladigan daromadlar bilan ham to‘ldirilmoqda. Ayniqsa, hozir xususiy tadbirkorlikdan olinayotgan daromadlar aholi yalpi daromadlarining yarmidan ziyodini tashkil etmoqda. Holbuki, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlarida bu ko‘rsatkich o‘rtacha 20-25 foizdan oshmaydi.

Prezidentimiz ma’ruzasida keltirilgan bunday raqam va ko‘rsatkichlar barchamizga mamnuniyat bag‘ishlaydi. Zero, ular zamirida inson taqdiri, xalqimizning ezgu orzusi – buyuk davlat barpo etish, jonli hayot, mustaqilligimizning iqtisodiy asoslarini yanada mustahkamlash, avlodlarimizga ozod va obod Vatan qoldirish, ularning hech kimdan kam bo‘lmay yashashiga erishish yo‘lidagi sa’y-harakatlarimizning amaliy ifodasi mujassam. Barcha ezgu intilish va harakatlarimiz, avvalambor, xalqimizga munosib turmush sharoiti yaratib berishga, uni mustaqil taraqqiyot yo‘limizning samaralaridan bahramand etishga qaratilgandir. Buni yurtimizdagi oilalarni uzoq muddat foydalanishga mo‘ljallangan tovarlar bilan ta’minlash borasidagi ahvol tubdan o‘zgarganida ham ko‘rish mumkin. Bugun xonadonlarimizni muzlatkich, konditsioner, shaxsiy komputer, televizor, mobil telefon va boshqa zamonaviy maishiy texnika vositalarisiz tasavvur qila olmaymiz.

– Bundan 25-yillar muqaddam xonadonlarning aksariyatida oila uchun eng zarur bo‘lgan muzlatkich, bugungidek yumshoq mebel, changyutgichdan asar ham yo‘q edi, – deydi andijonlik Nabi Jalolov. – Tunlari qo‘ni-qo‘shni, yoshu qari bir xonada to‘planib, yagona televizor ekraniga tikilib o‘tirardik. Shukrki, u vaqtlar ortda qoldi. Bugun dam olish xonasida alohida, mehmonxonada alohida, nabiralar uchun alohida televizor. Televizor tomosha qilish uchun qo‘shninikiga chiqish ham kulgili tuyuladi. Chunki bizda qanday sharoit bo‘lsa, ularda ham shunday. Bu xalqimizning daromadi ko‘payayotgani, farovonligi yuksalayotganidan dalolatdir.

Mamlakatimiz yo‘llaridagi harakat oqimiga nazar solar ekansiz, mashinalar yil, oy emas, kun sayin ko‘payib borayotganini ko‘rasiz. Shahar-ku qo‘ya turaylik, qishloqlarimiz ko‘chalari ham ular uchun torayib qolgandek. Qishloqda qad rostlagan zamonaviy uy-joylar oldida qatorlashib turgan mashinalar, fermer shiyponiga taqab qo‘yilgan “Lacetti”yu “Damas”larga bugun ko‘zimiz o‘rganib qoldi.

Ma’ruzada ta’kidlanganidek, agar 2000-yilda har 100 ta oilaga o‘rtacha 20 ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, bugungi kunda bu raqam 41,4 taga yetdi. Bugun o‘z avtomobillarimiz deyarli har bir xonadonga kirdi. Ishga, sayru sayohatga har kim alohida mashinada borishi hayotimizdagi oddiy me’yorga aylanmoqda.

Istiqlolga erishganimizdan so‘ng besh yil o‘tib, o‘z avtomobillarimizni ishlab chiqarishga erishganimiz qanchalik muhim ahamiyatga ega bo‘lganligini bugun yanada teranroq anglyapmiz. Bunday ulkan korxonani qurish, butun dunyoga mashhur kompaniyalar bilan hamkorlik qilish, ilg‘or standartlarga javob beradigan texnologiyalarni o‘rnatish, o‘zbek yigitlarning shunday murakkab texnologiyalarni o‘zlashtirishi... Bularning bari aytishga oson...

So‘nggi yillarda jon boshiga to‘g‘ri keladigan eng muhim oziq-ovqat tovarlari bo‘yicha iste’mol hajmi muttasil o‘sib bormoqda, ayni vaqtda nooziq-ovqat mahsulotlarni xarid qilish va xizmatlar uchun to‘lanadigan sarf-xarajatlar miqdori ham sezilarli ravishda ko‘paymoqda. Misol uchun, mustaqillik yillarida go‘sht iste’moli – 1,4-marta, sut – 1,3 barobar, sabzavot va poliz mahsulotlari – 2,6-marta, kartoshka – 2 barobar, mevalar iste’moli – 6,4 karra oshdi.

Bu ma’lumotlarga shunchaki raqamlar sifatida qarab bo‘lmaydi. Ularning har biri istiqlol tufayli erishilgan farovonlik, xalqimizning o‘zaro ahilligi va ezgu maqsadlar tomon sobit intilishlari samarasidir. Zotan, bundan yigirma besh yil oldin mamlakatimizda non, yog‘, kartoshka, tuz, hatto sovun taqchilligi yaqqol sezilib qolgan edi.

– O‘sha paytlar buxankaga soatlab navbatda turardik, – deydi Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanida yashovchi Farhod Jabborov. – Alam qiladigani, mahsulot iste’molga yaroqlimi-yaroqsizmi olishga majbur edik. Bugun esa istagan paytda do‘konga chiqamizu mazali nonni tanlab xarid qilamiz.

Islom Karimov “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitobida o‘sha davrning ijtimoiy-siyosiy manzarasiga baho berarkan, "Shu narsa shak-shubhasiz va ochiq-oydindirki, respublika barcha asosiy iqtisodiy va ijtimoiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha Ittifoqdagi o‘rtacha darajadan ham ancha orqada bo‘lib, mamlakatda oxirgi o‘rinlardan birida turibdi... O‘zbekiston aholisi o‘rta hisobda go‘sht mahsulotlarini, sut va sut mahsulotlarini, tuxumni, umuman mamlakat aholisiga nisbatan ikki barobar kam iste’mol qilmoqda... Juda o‘tkir iqtisodiy va ijtimoiy muammolar ro‘yxatini yana davom ettirish mumkin. Buni avvalo shundan ko‘rsa bo‘ladiki, insonning har tomonlama uyg‘un kamol topishi, uning shaxs sifatida ma’naviy rivojlanishi u yoqda tursin, ko‘pincha yashash uchun kerak bo‘lgan eng oddiy narsalar ham yetishmayapti", deya ta’kidlaydi.

Davlatimiz rahbari tomonidan bu holat e’tiborga olinib, mustaqillikning ilk kunlaridan dunyo tajribasini har tomonlama o‘rganish asosida mamlakatimizda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik huquqiy davlat barpo etish dasturi ishlab chiqildi. Qishloq xo‘jaligi tubdan isloh qilindi. G‘alla mustaqilligiga erishishdek hayotiy muhim masala muvaffaqiyatli hal etildi. Jumladan, o‘tgan yilning o‘zida mirishkor dehqon va fermerlarimizning fidokorona mehnati tufayli misli ko‘rilmagan natijalarga erishildi – 7 million 800 ming tonna g‘alla, 8 million 400 ming tonna sabzavot yetishtirildi. Eng muhimi, xalqimiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘liq ta’minlanib, ular chet mamlakatlarga eksport ham qilindi.

Mustaqillik sharofati bilan xalqimizning bunyodkorlik salohiyati keng namoyon bo‘layotgani, istiqlol bergan beqiyos imkoniyatlar tufayli erkin va farovon kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan bunyod etayotganimiz erishilayotgan bunday yutuqlarning asosiy omili bo‘lmoqda. Xalqimizning ertangi kunga, tanlagan yo‘limizning to‘g‘ri ekaniga qat’iy ishonchi va bu yo‘ldagi sobitqadamligi yuksak marralarni zabt etish imkonini berayotir.

O‘zbekiston mahsulotlari – dunyo bozorida

Mustaqillik tufayli O‘zbekiston dunyoga, dunyo esa O‘zbekistonga yuz ochdi. Jahon jamoatchiligiga ajdodlari bashariyat sivilizatsiyasi, ilm-fani va madaniyati rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan, boy tarix va madaniy merosga, ulkan iqtisodiy va ma’naviy salohiyatga ega mamlakat va xalq ekanligimizni isbot qildik. Korxonalarimizda “Made in Uzbekistan” tamg‘asi ostida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar dunyo bozorini zabt etmoqda.

Bir tanishim yaqinda Yevropaning rivojlangan davlatlaridan birida xizmat safarida bo‘libdi.

– Safardan qaytgach, oila a’zolarimizga chet eldan olib kelgan sovg‘alardan ulashdim, – deydi u. – Bir payt ukam kuldi-da, men sovg‘a qilgan ko‘ylakdagi yorliqni ko‘rsatdi. Qarasam, “Made in Uzbekistan” degan yozuv turibdi. Uni atayin ukam uchun sotib olganimni esladim. Ko‘ylak xarid qilingan supermarketning cheki turardi. “O‘zimizning xususiy firmalarning birida tikilgan mahsulot taraqqiy etgan mamlakatda ham xaridorgir ekan. Ham g‘ururlanib, ham xursand bo‘lib ketganimdan sotib oldim uni”, – dedim...

Bugungi kunda mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining qariyb 55,8 foizi kichik biznes bilan shug‘ullanuvchi xususiy tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilmoqda. Vaholanki, 2000-yilda bu ko‘rsatkich 31 foizdan iborat edi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik aholi bandligini ta’minlovchi, demakki, dolzarb ijtimoiy vazifalarni hal etadigan muhim sohaga aylandi. Ayni paytda iqtisodiyotni izchil va barqaror rivojlantirish, jamiyat ijtimoiy-siyosiy barqarorligini kafolatlovchi omillardan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda. Hozir iqtisodiyot tarmoqlarida ish bilan band bo‘lgan aholining 75 foizi aynan shu sohada mehnat qilayotir.

Kichik biznesning bozor kon’yunkturasi o‘zgarishlari va iste’molchilar ehtiyojlariga nisbatan tez moslasha olishi, yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi ehtiyojini ta’minlayotgan mahsulot va xizmatlar bozorini kengaytirish, umuman, iqtisodiyotimizni yuksaltirishdagi ahamiyatiga yurtimizda to‘g‘ri baho berildi. Bunday subyektlar o‘rtasida shakllanayotgan sog‘lom raqobat muhiti mahsulot va xizmatlarning sifati yaxshilanishi, narxi arzonlashishiga keng yo‘l ochayotir.

Ha, O‘zbekistonimiz davlat va jamiyatni boshqarish, xalq farovonligini yuksaltirish, iqtisodiyotni rivojlantirish borasida ko‘pchilik uchun o‘rnak bo‘ladigan mamlakatga aylanmoqda. Iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, ishlab chiqarishni muntazam yangilash va innovatsion texnologiyalarni joriy etish, bank tizimini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarning yuksak samaralari, mamlakatimiz qudratining yuksalayotgani bunday ta’kid uchun to‘liq asos bo‘ladi.

O‘zingiz o‘ylang, istiqlol yillarida ijtimoiy sohani isloh etish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tizimida birgina qishloq aholi punktlarining qiyofasini tubdan o‘zgartirish, namunaviy loyihalar asosida yangi uy-joylar qurish, qishloq ahlining hayotini yanada yaxshilash borasida amalga oshirilgan tarixiy ishlarni ilgari tasavvur eta olarmidik?!

Xalqimizga munosib turmush sharoiti yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan bunday keng ko‘lamli ishlar yurtdoshlarimizning ertangi kunga ishonchini mustahkamlab, dunyoqarashini tubdan o‘zgartirayotir. Odamlar bunyodkorlik ishlaridan chetda turmasdan, o‘zi yashayotgan va ishlayotgan hududini yanada ko‘rkam qilishga harakat qilmoqda. Obodlik qalblarga ko‘chayotir!

Bularning barchasi mustaqillik xalqimiz qo‘lga kiritgan buyuk tarixiy yutuq, yurtimizda yashayotgan har bir inson uchun qadri, sharafi, bardavomligi ko‘z qorachig‘iday asrab-avaylanadigan bebaho ne’mat ekanligining yorqin ifodasidir. U tufayli ertangi kunimiz – erkin va farovon kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan bunyod etmoqdamiz. Istiqlolimiz – baxtimiz abadiy bo‘lsin!



Muallif: O'zA
Marta o`qilgan: 24383