×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
09:48:27 (GMT +5), shanba, 24 - avgust 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


10 - yanvar 2014

Markaziy Osiyoda suv resurlaridan oqilona foydalanish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi pozitsiyasi to‘g‘risida

Bugungi kunda, tabiiy resurslar, ayniqsa, suv va energetika resurslaridan oqilona foydalanish eng jiddiy muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Bu sohada turli xil va noaniq yondashuvlarning ilgari surilishi, rivojlanishga to‘sqinlik qilib, mojarolar va ba’zan ekologik falokatlarga ham olib kelmoqda.

O‘tgan asrning ikkinchi yarmida amalga oshirilgan yirik transchegaraviy daryolarni o‘ylamay tartibga solish natijasi o‘laroq, mintaqamiz ekologik falokat yoqasiga kelib qoldi. Bunga dalil sifatida Orol fojiasini keltirish mumkin. Qariyb bir avlod hayot kechirish muddati davomida Orol go‘zal unikal dengizdan qurib, yo‘qolib borayotgan suv havzasiga, Orolbo‘yi hududlari esa gullab yashnagan ko‘kalamzordan cho‘lu biyobonga aylanib bormoqda.

Orol dengizining qurishi Amudaryo va Sirdaryo suv resurslaridan oqilona foydalanishga bevosita bog‘liqdir. Mazkur daryolarning hajmi va oqimi rejimining har qanday o‘zgarishi Markaziy Osiyodagi zaif ekologik muvozanatini tuzatib bo‘lmas darajada buzilishi bilan tahdid solmoqda.

Aynan shu sababga ko‘ra Markaziy Osiyo mintaqasida suv resurslaridan foydalanish borasidagi ba’zi bir yondashuvlarga qo‘shilishning iloji yo‘q. Bu daryolarning yuqori oqimida ekologik, ijtimoiy va texnologik jihatdan katta xavf tug‘diruvchi ulkan suv inshootlarini qurishga doir har qanday urinish zararli va xavflidir.

Mazkur jiddiy chaqiriqlarni inobatga olmaslik O‘zbekiston, Qozog‘iston va Turkmaniston davlatlarining millionlab aholisini rivojlanishi va umuman olganda hayot kechirishini havf ostida qoldiradi.

Markaziy Osiyoda suv-energetika muammolari, jumladan transchegaraviy daryolar oqimida yangi gidrotexnik inshootlarning bunyod etilishi suv resurslarini oqilona va adolatli taqsimlanishini ta’minlovchi, mintaqaning barcha davlatlarining manfaatlarini inobatga oluvchi umume’tirof etilgan xalqaro huquq normalariga muvofiq ko‘rib chiqilishi kerak.

Jumladan, BMTning 1992-yil 17-martdagi “Transchegaraviy suv oqimlarni va xalqaro ko‘llarni himoya qilish va ulardan foydalanish” va 1997-yil 21-maydagi “Kema yurmaydigan xalqaro suv havzalaridan foydalanish huquqi to‘g‘risida”gi Konvensiyalarida transchegaraviy daryolardan foydalanish to‘g‘risidagi barcha qarorlar shuningdek gidrotexnik inshootlarning qurishi masalasi ham biron-bir tarzda atrof muhitga zarar yetkazmasligi va qo‘shni mamlakatlar manfaatlarini buzilishiga olib kelmasligi lozimligi qat’iy belgilab qo‘yilgan.

Bugungi kunda O‘zbekiston Markaziy Osiyoning transchegaraviy daryolar quyi oqimida joylashgan boshqa davlatlari kabi jiddiy suv taqchilligi muammosiga duch kelmoqda. Shuni hisobga olga holda hamda yuqorida e’tirof etilgan xalqaro-huquqiy tamoyillar va me’yorlarga asoslanib, Sirdaryo va Amudaryo suv havzalarida qurilishi mo‘ljallangan gidrotexnik inshootlar ishonchli, mustaqil va xolis ekspertiza o‘tkazilgandan keyin va albatta ushbu daryolarning quyi oqimida joylashgan davlatlar bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi shart.

Xalqaro me’yorlarga asoslangan holda O‘zbekiston suvdan foydalanishda ustuvor yo‘nalishlarni aniq belgilanishi tarafdori. Shu jumladan, birinchi navbatda mintaqaning cheklangan suv resurslari eng avvalo ichimlik va sanitariya ehtiyojlari uchun foydalanilishi kerak, ikkinchidan, oziq-ovqat ta’minoti va atrof-muhit ehtiyojlarini ta’minlashga va shundan keyingina sanoat hamda energetika yo‘nalishida sarflanishi lozim.



Marta o`qilgan: 18283