×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
22:52:25 (GMT +5), chorshanba, 18 - sentabr 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


12 - may 2011

Komissiya majlisi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Prezidentimizning 2011 yil 14 yanvarda qabul qilingan «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasini axborot sohasini qayta shakllantirish hamda so‘z va axborot erkinligini ta’minlash jabhasida amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmoyishiga asosan me’yoriy huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda joriy yil aprel oyida bo‘lib o‘tgan «Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi» mavzuidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya hamda «Axborot va so‘z erkinligini yanada isloh qilish» mavzuidagi seminar natijalari ko‘rib chiqildi hamda ularda bildirilgan taklif va mulohazalar tahlil etildi.

Mamlakatimizda axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan «Davlat hokimiyat va boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida», «Ommaviy axborot vositalari faoliyatining iqtisodiy asoslari to‘g‘risida» va «Ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash kafolatlari to‘g‘risida», «Teleradioeshittirishlar to‘g‘risida», «Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari loyihalari muhokama qilindi.

Yig‘ilishda, shuningdek ishlab chiqilgan qonun loyihalari bo‘yicha jamoatchilik muhokamalari borishining ahvoli, bu borada mas’ul davlat organlarining rasmiy veb-saytlari orqali amalga oshirilayotgan tadbirlar saviyasi, davra suhbatlari va konferensiyalar samaradorligi, ommaviy axborot vositalari orqali qonun loyihalarini ishlab chiqish jarayonlarining yoritib borilishi tahlil qilindi.

Majlisda 2011–2015 yillarda bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarining iqtisodiy mustaqilligi va moliyaviy barqarorligini mustahkamlash bo‘yicha istiqbol loyihalari va dasturlarni qo‘llab-quvvatlash, jurnalist kadrlarning huquqiy va siyosiy madaniyatini yanada oshirish, fuqarolik jamiyatini barpo etishda ular ishtirokini kengaytirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Yig‘ilishda ishlab chiqilgan qonun loyihalari va boshqa tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan mamlakatimizda axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta’minlash borasida qo‘yilgan vazifalar darajasida yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi, tegishli qaror qabul qilindi.



Manba: O‘zA
Marta o`qilgan: 8487