×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
23:10:18 (GMT +5), chorshanba, 18 - sentabr 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


30 - aprel 2011

O‘zbekiston mustaqillik yillarida ulkan taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi

Toshkentda 22–23 aprel kunlari «Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi» mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. O‘zA muxbirlari konferensiya ishtirokchilarining ayrimlari bilan suhbatlashdi.

Olga Gerasimova, Novosibirsk viloyati Arbitraj sudi raisi (Rossiya):

— O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida sud-huquq tizimidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, sudning mustaqilligini ta’minlash, qonunchilikka sudga qadar bo‘lgan ish yuritish bosqichida sud nazoratini mustahkamlash kabi masalalarga alohida e’tibor qaratilgani, ayniqsa, juda muhim ahamiyatga ega.

Mamlakatingizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka jalb qilinayotgan chet el investitsiyalari hajmi oshib bormoqda. Sohani rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Tadbirkorlarning faoliyati qo‘llab-quvvatlanib, erkin va faol ish yuritishi uchun zarur sharoit mavjud. Bularning barchasi yurtingizda iqtisodiyotni erkinlashtirishga qaratilayotgan yuksak e’tibor samaralarining amaldagi ifodasidir.

Vladimir Mesamed, Quddus universiteti, Osiyo va Afrika mamlakatlarini o‘rganish instituti professori (Isroil):

— Men O‘zbekistonda o‘tkazilgan qator xalqaro konferensiyalarda ishtirok etganman. Prezident Islom Karimovning Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan mamlakatni demokratik yangilash va modernizatsiya qilish borasidagi keng ko‘lamli islohotlarning mantiqiy davomidir. Bu davlatingiz rahbarining xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ishtirokchilariga tabrigida ham alohida qayd etildi.

Mamlakatingizning davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish, sud-huquq tizimini takomillashtirish, axborot sohasini isloh qilish, saylov qonunchiligini rivojlantirish, fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish, bozor islohotlarini liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish borasida erishgan ulkan yutuqlari xalqaro hamjamiyat tomonidan keng e’tirof etilgan. Ana shunday izchil ishlar samarasida O‘zbekistonda istiqlol yillarida odamlarning o‘rtacha umr ko‘rishi 67 yoshdan 73 yoshga, jumladan, ayollarning o‘rtacha umr ko‘rishi 75 yoshga yetganini alohida ta’kidlamoq lozim.

Bir so‘z bilan aytganda, O‘zbekiston mustaqillik yillarida ulkan taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi. Jamiyatning barcha jabhalarida xalqaro andozalarga to‘la javob beradigan tamoyillar joriy etilib, yanada takomillashtirilmoqda.

Gertruda Tauxammer xonim, «Society» jurnali bosh muharriri (Avstriya):

— Konferensiya yuksak saviyada tashkil etilgani, dolzarb ma’lumotlarga boyligi bilan barchada katta qiziqish o‘yg‘otdi. So‘nggi yillarda O‘zbekiston bilan Avstriya o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari izchil taraqqiy etmoqda.

Mamlakatingizda xorijiy sarmoyadorlarning faol va erkin ish yuritishi uchun keng qulayliklar yaratilgan. Jumladan, turli imtiyoz va imkoniyatlar hamda qonun bilan kafolatlangan preferensiyalarning joriy etilgani xorijiy investorlarning hamkorlikka bo‘lgan qiziqishini kuchaytirmoqda. Avstriyaliklar ham mamlakatingiz bilan ko‘plab sohalardagi aloqalarni rivojlantirishdan manfaatdor.

Judit Kisfaludi Bak xonim, Vengriya Parlamenti Vitse-Spikeri mahkamasi rahbari (Vengriya):

— Bunday yirik xalqaro anjumanda ishtirok etganimdan juda mamnunman. Mamlakatingizning rivojlanish yo‘lidagi islohotlari, qo‘lga kiritgan yutuqlari tahsinga va ibrat olishga loyiq. Anjumanda O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan buyon xalqingiz barcha sohalarda, ayniqsa, iqtisodiyot yo‘nalishida qo‘lga kiritgan ulkan yutuqlarning o‘ziga xos taqdimoti ham bo‘ldi. O‘zbekistonda iqtisodiyotning yuqori barqaror o‘sish sur’atlari va makroiqtisodiy mutanosibligi saqlanib qolayotganini alohida qayd etish zarur. Yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’atlari 2008 yilda 9 foiz, 2009 yilda 8,1 foiz, 2010 yilda esa 8,5 foizni tashkil etgani buning dalilidir.

Prezident Islom Karimov qat’iyatli va dono Yo‘lboshchidir. Davlatingiz rahbarining Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi bilan batafsil tanishdim. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar mamlakatingizda fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rnini yanada kengaytirish va mustahkamlashga, iqtisodiy sohada yangidan-yangi yutuqlarni qo‘lga kiritishga, xalqingiz farovonligini muttasil oshirishga xizmat qilayotir. Konsepsiyada ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslarning amalga oshirilishi esa mamlakatingizni isloh etish va modernizasiya qilish, yurtingizning taraqqiy etgan davlatlar qatoridan joy olishida muhim omil bo‘lishi shubhasiz.

Kristof Xyoppel, GFR Prezidenti apparati xodimi (Germaniya):

— O‘zbekiston, ayniqsa, Toshkent haqida ko‘p eshitgan edim. Ko‘rib, mamlakatingizning go‘zal tarovatidan lol qoldim. Poytaxtingizning go‘zalligi, o‘ziga xos tabiati, zamonaviy va milliy me’moriy an’analarni o‘zida mujassam etgan inshootlari meni maftun etdi. Buyuk ipak yo‘lining markazida joylashgan O‘zbekiston o‘zining noyob tarixiy yodgorliklari, qadimiy obidalari, xushmanzara tabiati, betakror madaniyati va an’analari bilan jahon sayyohlarini, jumladan, germaniyaliklarni ham o‘ziga rom etmoqda.

Xalqaro anjuman ishtirokchilarga mamlakatingizni rivojlantirishning demokratik tamoyillari, yurtingizda ko‘plab sohalarga oid qonunlarga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan tanishish, bu borada o‘zaro tajriba va axborot almashish imkonini bergani bilan ham katta ahamiyatga ega bo‘ldi.



Manba: O‘zA
Marta o`qilgan: 8681