O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
21 - aprel 2020

Siril Myullerni O‘zbekiston Respublikasining «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Mamlakatimiz iqtisodiyotida keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish va ustuvor tarmoqlardagi modernizatsiya dasturlarini ro‘yobga chiqarishda strategik sherik hisoblangan Jahon banki guruhi bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi ko‘p qirrali va samarali hamkorlikni shakllantirish va har tomonlama mustahkamlashga, bank-moliya, soliq-budjet, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalardagi tub o‘zgarishlar jarayoniga qo‘shayotgan shaxsiy hissasi, shuningdek, yirik investitsiya va infratuzilma loyihalarini ro‘yobga chiqarish borasidagi amaliy ko‘magi, O‘zbekistonning xalqaro nufuzini oshirish yo‘lidagi ulkan sa’y-harakatlari hamda Markaziy Osiyoda do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro manfaatli sheriklikni chuqurlashtirishga qaratilgan tashabbuslarni faol qo‘llab-quvvatlayotgani uchun Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqalari bo‘yicha vitse-prezidenti Siril Myuller O‘zbekiston Respublikasining «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev



Marta o`qilgan: 1792