×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
11:33:16 (GMT +5), dushanba, 25 Маy 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


25 - dekabr 2019

Birlashgan Millatlar Tashkilotining biometrik hujjatiga ega boʻlgan chet el fuqarolari uchun Oʻzbekiston Respublikasiga kirishda vizasiz rejimni belgilash va viza rejimini yengillashtirish toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkiloti (keyingi oʻrinlarda – BMT) bilan oʻzaro hamkorligi doimiy ravishda kengayib, chuqurlashib bormoqda. BMT bilan oʻrnatilgan oliy va yuqori darajadagi aloqalar muntazam rivojlanib bormoqda. Oʻzbekiston BMTning Bosh assambleyasi va boshqa ixtisoslashtirilgan muassasalari faoliyatidagi oʻz ishtirokini faollashtirdi.

Oʻzbekiston Respublikasining BMT va uning tuzilmalari bilan barcha dolzarb yoʻnalishlarda oʻzaro munosabatlarini yanada mustahkamlash va har tomonlama rivojlantirish, xalqaro moliya institutlari bilan aloqalarni kengaytirish, shuningdek, BMT xodimlarining Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurishi uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:

1. 2020-yil 1-yanvardan boshlab BMTning biometrik hujjatiga (qizil rangli Laissez-Passer pasporti) ega boʻlgan chet el fuqarolari uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirgan kundan eʼtiboran 30 kunlik muddatga vizasiz rejim belgilansin.

2. Belgilansinki:

BMTning biometrik hujjatiga (moviy rangli Laissez-Passer pasporti) ega boʻlgan chet el fuqarolari uchun Oʻzbekiston Respublikasiga kirish vizalari Oʻzbekiston Respublikasidagi taklif qiluvchi tomonning taklifnoma xati asosida 2 ish kuni ichida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan rasmiylashtiriladi;

BMTning biometrik hujjatlariga (qizil yoki moviy rangli Laissez-Passer pasporti) ega boʻlgan va Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurayotgan chet el fuqarolarida bir vaqtning oʻzida amal qilish muddati BMTning biometrik hujjatlari amal qilish muddatidan kam boʻlmagan milliy pasporti (harakatlanish hujjati) boʻlishi lozim.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi:

bir oy muddatda mazkur Farmon qoidalari toʻgʻrisida BMTni xabardor qilsin, shuningdek, BMTning biometrik hujjatlari (qizil va moviy rangli Laissez-Passer pasportlari) namunalarini, bunday hujjatlar va ularning himoya elementlari batafsil tavsifini soʻrab olsin;

ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Birlashgan Millatlar Tashkiloti imtiyozlari va immunitetlari toʻgʻrisidagi konvensiyasiga (Nyu-York, 1946-yil 13-fevral) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi maqsadga muvofiqligini oʻrganib, natijasi boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga asoslantirilgan takliflar kiritsin.

4. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V.Maxmudov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,

2019-yil 24-dekabr



Marta o`qilgan: 1417