×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
05:32:05 (GMT +5), dushanba, 17 - fevral 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


21 - noyabr 2019

Toshkent shahrida Belarus – Oʻzbekiston qoʻshma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutini tashkil etish toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari uchun yuqori malakali muhandis-texnik kadrlar tayyorlashni yanada takomillashtirish, oliy taʼlim sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq:

1. Belarus Respublikasi Taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Belarus milliy texnika universiteti, Respublika kasb-hunar taʼlimi instituti (Belarus Respublikasi) va Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Toshkent shahrida Belarus – Oʻzbekiston qoʻshma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutini (keyingi oʻrinlarda – Institut) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

2. Institutning asosiy faoliyat yoʻnalishlari va vazifalari etib quyidagilar belgilansin:

xalqaro taʼlim standartlariga muvofiq, shu jumladan, qoʻshma taʼlim dasturlari asosida respublika sanoat tarmoqlarining eng muhim ilmiy-ishlab chiqarish masalalarini hal eta oladigan yuqori malakali muhandis-texnik kadrlarni bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha tayyorlash;

oliy va kasb-hunar taʼlimining zamonaviy taʼlim dasturlari va shakllarini ishlab chiqish va tatbiq etish, taʼlim jarayoniga ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalarini, fan va texnikaning eng yangi yutuqlarini tatbiq etish;

bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklariga muvofiq yangi oʻquv dasturlari, darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari yaratish orqali oʻquv-uslubiy ishlar sifati va darajasini oshirish;

taʼlim va fanning uzluksizligi va uzviyligi hamda jahon taʼlim

va ilmiy hamjamiyatiga integratsiyalashish hisobiga mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

ilmiy-pedagogik salohiyatni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash, pedagogik texnologiyalar va taʼlim usullarini faol takomillashtirish;

ishlab chiqarish tizimlarida tejamkorlik, ishonchlilik va barqaror faoliyatni oshirishga yoʻnaltirilgan, mashinasozlik, mexanika, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, biotexnologiya, metrologiya va standartlashtirish hamda sanoat ishlab chiqarishning boshqa tarmoqlarida ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish, innovatsion loyihalarni amalga oshirish;

taʼlim, fan va ishlab chiqarishning mustahkam integratsiyasi uchun sharoitlar yaratish;

taʼlim va ilmiy-texnikaviy sohalarda xorijiy mamlakatlarning

yetakchi taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari va biznes hamjamiyatlari bilan uzoq muddatli munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlash.

3. Belgilansinki:

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Institutning taʼsischisi (keyingi oʻrinlarda –taʼsischi), Belarus milliy texnika universiteti va Respublika kasb-hunar taʼlimi instituti (Belarus Respublikasi) Institut faoliyatini tashkil etish ishtirokchilari (keyingi oʻrinlarda – ishtirokchilar) hisoblanadi;

Institut Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlib, yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan davlat muassasasi shaklidagi oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi;

Institut oliy malakali mutaxassislar va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bilan shugʻullanadi;

Institut oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining taʼlim sohasidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq amalga oshiradi;

Institutning taʼlim faoliyati 2020/2021 oʻquv yilidan boshlanadi;

Institutga abituriyentlar, tadqiqotchilar va tinglovchilarni qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Belarus Respublikasi Taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda taʼsischi va ishtirokchilar tomonidan oʻrnatilgan talablar, tartib va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi;

Institutdagi taʼlim Oʻzbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi davlat taʼlim standartlari talablariga muvofiq taʼsischi va ishtirokchilar tomonidan tasdiqlangan taʼlim dasturlari boʻyicha rus tilida amalga oshiriladi;

Institut bitiruvchilariga taʼlim yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasida oliy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan Belarus milliy texnika universitetining oliy taʼlim toʻgʻrisida belgilangan namunadagi diplomi topshiriladi;

qayta tayyorlash va malaka oshirish dasturlarini oʻzlashtirgan tinglovchilarga Oʻzbekiston Respublikasida tan olinadigan Belarus Respublikasining oʻrnatilgan namunadagi hujjatlari (kasb boʻyicha malaka razryadi berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma, oliy taʼlim darajasida qayta tayyorlash toʻgʻrisidagi diplom, malaka oshirganligi toʻgʻrisida guvohnoma) topshiriladi.

4. Taʼsischi va ishtirokchilarning quyidagilarni taʼminlashda yordam berishlari maʼlumot uchun qabul qilinsin:

Institutning oʻquv jarayoniga ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalari, fan va texnikaning eng soʻnggi yutuqlarini joriy etish;

Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarini, stajirovkalarini tashkil etish;

Institut kutubxona fondini shakllantirish va zamonaviy oʻquv, oʻquv-uslubiy va ilmiy-texnik adabiyotlar bilan toʻldirish.

5. Quyidagilar:

Belarus – Oʻzbekiston qoʻshma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutida mutaxassislar tayyorlash boʻyicha asosiy bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari (magistratura mutaxassisliklari) roʻyxati1-ilovaga muvofiq;

Belarus – Oʻzbekiston qoʻshma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti Vasiylik kengashining tarkibi (keyingi oʻrinlarda – Vasiylik kengashi) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

6. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Vasiylik kengashi Institut rivojlanishiga koʻmaklashuvchi jamoatchilik boshqaruvining oliy organi hisoblanadi.

Belgilasinki, Vasiylik kengashi quyidagilarga koʻmaklashadi:

Institutning texnik rivojlanishi va samarali faoliyat yuritishini taʼminlash uchun moliyaviy koʻmak, byudjetdan tashqari mablagʻlarni jalb etish;

talabalarning malakaviy amaliyotlarini Belarus Respublikasi va Oʻzbekiston Respublikasi ishlab chiqarish korxonalarida oʻtash;

Institut xodimlari va talabalarining istiqbolli dasturlari va gʻoyalarini amalga oshirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliyotga samarali tatbiq etish;

professor-oʻqituvchilar va yosh olimlarga xalqaro ilmiy-texnikaviy maʼlumotlarning axborot-tahliliy bazasiga kiritilgan jurnallarda, shu jumladan, “Scopus” va “Web of science” jurnallarida ilmiy maqolalar chop etishda, shuningdek, oʻquv-uslubiy adabiyotlarni ishlab chiqayotgan, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borayotgan mutaxassislarga, shu jumladan, ularni moddiy ragʻbatlantirish orqali;

Institutda bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha qoʻshma, shu jumladan, ikki bosqichda amalga oshiriladigan (birinchi bosqich – talabalarni butun taʼlim jarayonining birinchi yarmida Institutda, ikkinchi bosqich – butun taʼlim jarayonining ikkinchi yarmida Belarus milliy texnika universitetida oʻqitish) zamonaviy taʼlim dasturlari asosida kadrlarni tayyorlash.

7. Quyidagilar Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:

Institutga oʻqishga qabul qilinadigan talabalar umumiy sonining 30 foizidan oshmagan holda davlat grantlari asosida talabalarning oʻqishi uchun ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari;

talabalarni toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar;

yuridik va jismoniy shaxslarning xayriyalari;

davlat ilmiy-texnik dasturlarini amalga oshirish uchun ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari;

tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlari (grantlar, texnik koʻmak va boshqalar);

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

8. Belgilab qoʻyilsinki:

Institutning qabul parametrlari va qoʻshma taʼlim dasturlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda taʼsischi va ishtirokchilarning asoslangan takliflariga binoan manfaatdor vazirliklar va idoralarning kadrlarga boʻlgan ehtiyojlari asosida Vasiylik kengashi qarori bilan tasdiqlanadi;

Institutda toʻlov-kontrakt asosida taʼlim uchun toʻlovlar miqdori Oʻzbekiston Respublikasi hududida taʼsischi tomonidan, Belarus Respublikasi hududida – Belarus milliy texnika universiteti tomonidan belgilanadi;

Institutning davlat grantlari asosida taʼlim olgan bitiruvchilari Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalari va tashkilotlarida kamida uch yil ishlab berish sharti bilan ishga taqsimlanadi;

Institut taʼminotiga byudjet mablagʻlari 2019-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining ijtimoiy soha boʻyicha tasdiqlangan xarajatlar parametrlari doirasida ajratiladi, 2020-yildan boshlab esa mazkur soha uchun har yilgi xarajatlar parametrlarida koʻzda tutiladi.

9. Quyidagilarga:

Institutning yuqori malakaga ega boʻlgan, oʻquv-uslubiy taʼminotni ishlab chiqqan, maxsus uskunalar bilan ishlash malakasiga ega boʻlgan xodimlariga Vasiylik kengashi qarori bilan Institutning byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan shaxsiy ustama haq belgilashga;

imzolangan shartnomalar asosida oʻrnatilgan tariflar boʻyicha pedagogik va ilmiy ishlar uchun taklif qilingan xorijiy professor va oʻqituvchilarning (shu jumladan, Belarus Respublikasi fuqarolari) mehnatiga haq toʻlash, yashash va transport xarajatlarini Institut tomonidan toʻlanishiga ruxsat etilsin.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi uch oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga 2021-yilda Navoiy shahrida Institutning sanoatning ustuvor yoʻnalishlari, injiniring, texnologiyalar va IT-dasturlash boʻyicha yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga ixtisoslashgan filialini tashkil etish boʻyicha taklif kiritsin.

11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Institutni joylashtirishni taʼminlasin.

12. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi 2020-yil 1-avgustga qadar dastlabki bosqichda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari va Vasiylik kengashi tomonidan shakllantiriladigan mablagʻlar hisobidan (zarur hollarda) Institutning bino va inshootlarini taʼmirlash-tiklash va jihozlash ishlarini amalga oshirsin hamda uni birinchi oʻquv yili uchun zarur boʻlgan mebel, inventar, kompyuter va boshqa orgtexnika, oʻquv adabiyotlari va kutubxona fondi bilan taʼminlasin.

13. Institutga ikkita, jumladan, bitta shaxsiy biriktirilgan va bitta navbatchi yengil avtotransport vositalarini saqlash uchun limit ajratilsin.

14. Institutni rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash, jihozlash va uning faoliyatini taʼminlash uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha chetdan olib kiriladigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan oʻquv va ilmiy laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi, dasturiy mahsulotlar, oʻquv va ilmiy-uslubiy adabiyotlar, inventar, qurilish materiallari va moddiy-texnik resurslar 2022-yil 1-yanvarga qadar bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvchi yigʻimlaridan tashqari) ozod etilsin.

15. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi taʼsischi va ishtirokchilar bilan birgalikda:

bir oy muddatda Institutning taʼsis hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazishni;

ikki oy muddatda Institutning tashkiliy tuzilmasini Vasiylik kengashiga tasdiqlash uchun kiritishni;

2020-yil 1-avgustga qadar Institutni malakali professor-oʻqituvchilar bilan tanlov asosida butlashni taʼminlasin.

16. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining buyurtmanomasiga binoan ushbu qarorni amalga oshirish doirasida jalb etiladigan xorijlik professor-oʻqituvchilarga, shuningdek, ularning oila aʼzolariga kirish vizalari konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.

17. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Institutning buyurtmanomasiga binoan xorijlik professor-oʻqituvchilar va maʼmuriy xodimlar, shuningdek, ularning oila aʼzolari uchun koʻp martalik vizalar hamda Oʻzbekiston Respublikasida vaqtinchalik yashash joyi boʻyicha vaqtincha propiska davlat boji undirilmasdan berilishi va uzaytirilishini taʼminlasin.

18. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

19. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A.Abduvaxitov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A.Abduhakimov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,

2019-yil 20-noyabr



Marta o`qilgan: 813